11:09 / 20.05.2021
12959
Xalqaro hamjamiyat O‘zbekistonning IShID tarkibidan ayollar va bolalarni qaytarganini olqishlamoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning Yaqin Sharqdagi IShIDga qo‘shilgan o‘zbek ayollari va ularning farzandlarini qaytarish amaliyotini olqishladi. Shu bilan birga, IShIDning Suriya va Iroqda qayta tiklanishini kamaytirish uchun O‘zbekiston tajribasiga ergashishlari maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu haqda VOA – Amerika ovozi yozmoqda.

Foto: Kun.uz / arxiv

«Ular ajoyib ishni amalga oshirishdi», - degan AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum.

Maqolada eslatilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi hukumat 2019 yilda Suriya shimoli-sharqida jangovar harakatlarda ishtirok etmagan vatandoshlarni qaytarish bo‘yicha «Mehr» amaliyotini o‘tkazishni boshlagan edi. 2019 yil may oyidan buyon 2 yil mobaynidja 435 ayol va bolalar, nafaqat Suriyadan, balki Iroq va Afg‘onistondan ham vatanga qaytarildi. Ularning 343 nafari 1-15 yoshdagi voyaga yetmagan bolalardir.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati xorijdagi terrorchi tashkilotlarda qancha o‘zbekistonlik borligiga doir ma'lumotni oshkor qilmaydi, biroq o‘rganishlar, bu raqamlarning minglab ekanini ko‘rsatadi.

BMTning O‘zbekistondagi koordinatori Helena Freyzerning ta'kidlashicha, O‘zbekistonning «maqtovga sazovor tajribasi va hamkorligi» dunyoning 56 mamlakatining 10 mingga yaqin fuqarolarini Suriyadagi IShID tarkibidan qaytarishda namuna bo‘la oladi.

«Mehr» amaliyoti Birlashgan Millatlar Tashkilotining ro‘yxatiga kiritilgan terroristik guruhlarga aloqasi bo‘lgan ayollar va bolalarni himoya qilish, repatriatsiya qilish, sudga tortish, ularni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy tinch hayotga integratsiyalashuvining asosiy tamoyillari chiqarilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi», - degan Freyzer VOA – Amerika ovoziga so‘zlar ekan. 

Top