11:53 / 20.05.2021
15354
Koronavirus: yana ikki bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 263ta koronavirus infeksiyasiga chalinish holati qayd etilib, ikki nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi. 

“2021 yil 19 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97 543 (+263) nafarni tashkil etmoqda”, deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 8 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 30 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 11 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 9 nafari Xorazm viloyatida,
  • 44 nafari Toshkent viloyatida,
  • 120 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 8 nafar,
  • Namangan viloyatida 3 nafar,
  • Samarqand viloyatida 68 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
  • Toshkent shahrida 140 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 93 071 (+231) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 676 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3796 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top