23:23 / 22.05.2021
10590
Suaresning goli «Atletiko»ga 7 yillik tanaffusdan so‘ng La Liga chempionligini keltirdi

Ispaniya chempionatida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. 

«Atletiko» (86 ochko) safarda «Valyadolid» ustidan irodali g‘alaba qozondi va 7 yillik tanaffusdan so‘ng chempionlikka erishdi. Simeone jamoasiga 3 ochko keltiruvchi to‘pni bu safar ham Luis Suares kiritdi.

Chempionlik uchun so‘nggi turgacha kurashgan «Real» (84) o‘z maydonida «Vilyarreal» bilan  bahsda kambek qildi va mavsumni 2-pog‘onada yakunladi. «Barselona» (79) mehmonda «Eybar»ni mag‘lub etib, 3-o‘rindan joy oldi. 4-pog‘ona hali o‘z o‘yinini o‘tkazmagan «Sevilya»ga nasib etdi. 

«Betis» va «Real Sosedad» Yevropa Ligasiga, «Vilyarreal» Konferensiyalar Ligasiga yo‘llanma oldi. 

«Ueska», «Valyadolid» va «Eybar» Segundaga tushib ketdi. 

La Liga, 38-tur, 22 may
Valyadolid — Atletiko 1:2

Gollar: Plano (18) — Korrea (57), Suares (67). 
Valyadolid – Masip, Olasa, El-Yamik, Olivas, Yanko (Ervias, 82), Toni Vilya (Jota, 62), San-Emeterio (Kike Peres, 82), Mesa (Michel, 62), Plano, Markos Andre (Gvardiola, 62), Veysman. 
Atletiko – Oblak, Ximenes, Ermoso (Lodi, 63), Tripper, Felipe, Koke, Saul (Joau Felish, 63), Karrasko, Lorente (Kondogbia, 79), Korrea (Errera, 85), Suares.

Real — Vilyarreal 2:1
Gollar: Benzema (87), Modrich (90+2) — Pino (20). 
Real – Kurtua, Varan, Migel Guterres (Marselo, 68), Militao, Odriosola (Nacho, 68), Valverde, Modrich, Asensio (Isko, 56), Kazemiro (Mariano, 68), Vinisius (Rodrigo, 56), Benzema. 
Vilyarreal – Ruli, Pau Torres, Albiol, Mario Gaspar, Pedrasa, Trigeros (Moyses Gomes, 86), Pino (Raba, 81), Parexo, Kapu (Penya, 66), Bakka (Koklen, 66), Jyerar Moreno (Pako Alkaser, 81). 

Eybar — Barselona 0:1
Gol: Grizmann (81). 
Eybar – Yoel Rodriges, Oliveyra (Bigas, 76), Korrea (Poso, 76), Arbilya, Rafa Soaresh, Atensa, Inui, Diop (Alvares, 62), Xil (Leon, 46), Enrik (Kike Gonsales, 77), Kike Garsiya. 
Barselona – Neto, Dest, Firpo (Alba, 46), Mingesa (Umtiti, 46), Arauxo, de Yong (Pyanich, 74), Moriba (Puch, 55), Trinkau (Breytueyt, 46), Buskets, Dembele, Grizmann.

Osasuna — Real Sosedad 0:1
Gol: Isak (86). 

Selta — Betis 2:3
Gollar: Aspas (32, penalti), Mendes (49) — Iglesias (53, penalti), Fekir (69), Ruis (73). 

Elche — Atletik 2:0
Gollar: Boyye (28), Guti (73). 

Ueska — Valensiya 0:0

Top