Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suares 2024 yildan Messi bilan yana bir jamoada o‘ynaydi
Luis Suares MLSga 2024 yil boshida ko‘chib o‘tadi.
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, urugvaylik 36 yoshli forvard «Gremio» bilan 2024 yilning dekabr oyiga qadar imzolangan kelishuvni bir yil avval – shu yilning dekabr oyida bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Shu tariqa, Suares 2024 yilning yanvar oyida «Inter Mayami» safida erkin agent sifatida qo‘shilishi kutilmoqda.
Avvalroq, Messi sobiq jamoadoshi Suaresni «Inter Mayami»da ko‘rishni istayotgani, urugvaylik forvard yozda Amerika klubiga o‘tishi xabar qilingandi. Ammo Braziliya klubi Luis uchun shartnomadagi 70 million dollar tovon puli to‘lashni talab qilgach, kelishuv yozda amalga oshmaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Messi va Suares 2014-2020 yillar davomida «Barselona»da birga to‘p surgan.
Mavzuga oid
13:10 / 20.05.2023
Messi va Maradona kashf etilgan turnir. Osiyo chempioni Argentinada tarixni yangilay oladimi?
23:08 / 31.12.2022
Luis Suares – «Gremio» futbolchisi
18:48 / 21.11.2022
Messi va Ronalduning birgalikdagi surati fotoshop bo‘lib chiqdi
14:05 / 29.11.2021