Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. Sensatsiya ro‘y bermadi - APL grandlari birinchi o‘yindagi g‘alaba evaziga yarimfinalga yo‘l oldi
Yevropa Chempionlar Ligasida chorakfinal bahslari yakunlandi.
O‘z maydonida «Atletiko» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozongan «Manchester Siti» Madriddagi keskin kurashlarga boy o‘yinda golsiz durang qayd etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
«Benfika» maydonida ishonchli «Liverpul» o‘z uyida jangovar durang qayd etdi. Konate va Firminoning (2ta) gollariga Ramush, Yaremchuk hamda Nunes javob berishdi.
Yarimfinalda ispan va ingliz klublari qarama-qarshiligi ro‘y beradi — «Man Siti» «Real» bilan o‘ynasa, «Liverpul» «Vilyarreal»ga qarshi bahs yuritadi. Bellashuvlar 26-27 aprel va 3-4 may kunlari bo‘lib o‘tadi.
YeChL. 1/4 final. 13 aprel
Javob bahslari
Atletiko — Manchester Siti 0:0
Atletiko – Oblak, Savich, Felipe, Reynildu, Lodi (Korrea, 70), Lemar (Suares, 82), Koke (de Paul, 69), Kondogbia, Lorente, Grizmann (Karrasko, 69), Felish (Mateus Kunya, 82).
Manchester Siti – Ederson, Uoker (Ake, 73), Stounz, Laport, Kanselu, Gundo‘g‘an, de Bryuyne (Sterling, 65), Rodri, Silva (Fernandino, 79), Foden, Mahrez.
Ogohlantirishlar: Felipe (24), Lorente (80), Rodri (85), Savich (90+1), Ake (90+1), Mahrez (90+5), Foden (90+7), Kanselu (90+7).
Birinchi o‘yin — 0:1.
Liverpul — Benfika 3:3
Gollar: Konate (21), Firmino (55, 65) — Ramush (32), Yaremchuk (73), Nunes (81).
Liverpul – Alisson, Gomes, Matip, Konate, Tsimikas, Milner (Alkantara, 58), Henderson (Fabino, 58), Keyta, Firmino (Origi, 90+1), Jota (Saloh, 57), Dias (Mane, 66).
Benfika – Vlaxodimos, Jilberto (Diash, 90+1), Vertongen, Otamendi, Grimaldo, Taarabt (Joau Mariu, 66), Diogu Gonsalvesh (Yaremchuk, 46), Vaygl, Everton (Almeyda, 90+1), Nunes, Gonsalu Ramush (Paulu Bernardu, 78).
Birinchi o‘yin — 3:1.
Mavzuga oid
02:10 / 15.04.2026
«Barselona» kambek qilolmadi
12:16 / 23.03.2026
Madrid derbisida “Real” ustun keldi, “Barselona” minimal hisobda g‘alaba qozondi
21:31 / 23.02.2026
«Da Lush»dagi mojaro: Vinisiusni «maymun» deb kamsitishdi
13:37 / 29.01.2026