23:03 / 25.05.2021
7009
Armaniston o‘z pozitsiyalarining Ozarboyjon armiyasi tomonidan o‘qqa tutilganini ma'lum qildi

Ozarboyjonlik harbiylar Armaniston armiyasining Gegarkunik oblastining chegaraoldi qismidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutdi. Bu haqda Armaniston mudofaa vazirligi saytida ma'lum qilindi.

Voqea 25 may kuni soat 14:20da qayd qilingan. Uning qolgan tafsilotlari keltirilmagan. Armaniston mudofaa vazirligi bayonotida otishma oqibatida arman harbiysi halok bo‘lgani ma'lum qilingan.

Armaniston-Ozarboyjon chegarasining janubiy qismida bir haftadan ko‘proq vaqtdan beri notinch vaziyat saqlanib qolmoqda. Yerevanda ta'kidlanishicha, ozarboyjonlik harbiylar Armanistonning Qora ko‘l tumanida joylashib, ushbu hududni tark etishdan bosh tortishmoqda. O‘z navbatida, Boku ushbu ayblovlarni rad etmoqda va Yerevanni masalani chuqurlashtirmaslikka chaqirmoqda.

Mavzu
Arman-ozar chegarasida yangi ziddiyat
13 may kuni Ozarboyjon harbiylari Vardenis (Gegargunik oblasti) va Sisian (Syunik oblasti) shaharlari yaqinidagi chegara orqali Armanistonga kirishga uringan.
Barchasi
Top