14:15 / 25.05.2021
2662
“O‘zbegim” savdo majmuasida yuzaga kelgan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi

25 may kuni Andijon shahar Cho‘lpon shox ko‘chasida joylashgan “O‘zbegim” savdo majmuasining tom qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida video xabar e'lon qilgan edik. 

Andijon viloyati FVB xabar berishicha, yong‘in-qutqaruvchilari  voqea joyiga yetib borib, yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in natijasida bino tom va shift qismining 30 kv.m. maydoni zararlangan.

FVV yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan majmua binosida bo‘lgan barcha fuqarolar o‘z vaqtida tezkorlik bilan evakuatsiya qilinganligi sabab jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan. 

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Top