08:24 / 26.05.2021
448
Qoraqalpog‘istondagi OTM rahbarlarining kengashi tashkil qilindi
Foto: Nukus DPI matbuot xizmati

Kecha Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulovning Qoraqalpog‘istonga kelgani haqida xabar bergan edik. 24 may kuni kunning ikkinchi yarmida vazir Qoraqalpoq davlat universitetida Qoraqalpog‘istondagi barcha oliy ta'lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Unda Abduqodir Toshqulov Qoraqalpog‘istondagi oliy ta'lim muassalari rahbarlarining kengashini tashkil etishni taklif qilgan. Kengash raisligiga Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Axmet Reymov tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Toshqulov Beruniy tumani safarida talabalarga diplom berilishiga to‘xtalib, «Portalga yozib ham olyapti, shantaj qilib ham olyapti, pora bilan ham olyapti» degandi.

Top