Kelin qilib olayotgan paytda ota-onasiga qizingizni öqitaman deb va’da bergan Gulmira Ahmedova bugun kelini öqişdan çiqquniça nabirasiga enagalik qilyapti. Uning aytişiça, özi, turmuş örtoği, öğli ham öqimişli bölgani uçun kelinini ham oliy ma’lumotli qiliş harakatida.
Sirtqi ta’limda öquvçi ayollarning köpi farzandli. Ular orasida 3 yoşgaça bolasi borlar 15 foizni taşkil qiladi.
Öqiş boşlangan paytda qahramonimiz Muhammadyusuf – onasi va buvisi bilan öqişga kelgan köplab bolajonlardan biri. Onasi Gulxumor Obidova bu yil 4-kursni tamomlaydi. Uning aytişiça, oliygoh talabalari 3 oylikdan 2-3 yoşgaça bölgan bolalari bilan öqişga keladi. Muhammadyusuf ham birinçi marta kuzgi öqiş davrida, uç oylik çaqaloq paytida kelgan.
Çaqaloği bilan keluvçi talabalar köpligi sababli, sirtqi talim binosida onalar va bolalar xonasi ham taşkil qilingan. U xonada beşik tebratib ötirgan buvijonlarni ham uçratişingiz mumkin. Yana ba’zi bolalarga esa xolasi, ammasi yoki opasi qarab turadi.
Gulhumor Obidova u öqişga kelgan kunlari farzandi xuddi sayrga çiqqandek yayrab ketişini aytadi. Oilasi va yoş bolalari bilan bölsa ham köp ayollar oliy ma’lumotli bölişga intilayotgani ilmga munosabat yaxşi tarafga özgarayotganidan darak bölsa ajab emas.













