12:33 / 27.05.2021
12561

Yakkasaroy tumani IIB boshlig‘i Mirzo Ulug‘bek tumaniga ishga o‘tkazildi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Farrux Ubaydullayevich Haydarov Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Farrux Haydarov 1983 yilda Qozog‘iston Respublikasida tavallud topgan. 2004 yilda IIV Akademiyasini tamomlagan. 

Tuman hokimligi xabarida aytilishicha, u bugunga qadar Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mavzuga oid
Top