Loyiha Özbekiston prezidenti administratsiyasining topşiriği ijrosini ta’minlaş maqsadida Içki işlar vazirligi tomonidan işlab çiqilgan.
2016 yil 16 sentabrdagi “Içki işlar organlari töğrisida”gi qonuni 17-moddasida içki işlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan şaxslarni ularning organizmida alkogol, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-iroda faoliyatiga ta’sir körsatuvçi boşqa moddalar mavjudligini aniqlaş uçun tekşirişni amalga oşiriş huquqi berilgan.
Loyihada içki işlar organlari profilaktika inspektori va patrul-post xizmati xodimlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinib olib kelingan şaxslarni MJtKning 32-moddasi 6-bandiga asosan javobgarlikni oğirlaştiruvçi holat etib belgilangan huquqbuzarlikning mast holda sodir etilganligini aniqlaş jarayonida alkotester qurilmalaridan foydalaniş hamda tekşiruv ötkaziş tartibini belgilaş nazarda tutilmoqda.
Loyihani amalga oşiriş uçun 2024-2025 yillar davomida bosqiçma-bosqiç jami 208 dona alkotester qurilmalarini Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV, Toşkent şahar va Toşkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIBning huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantiriş jamğarmalari hisobidan olinişi rejalaştirilmoqda.
Ma’lumot uçun, 1 dona alkotesterning taxminiy örtaça narxi 15 mln (jami 3,12 mlrd) sömni taşkil etadi.













