10:15 / 28.05.2021
8959
Toshkentda svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangan avtobus haydovchisi YTH sodir etdi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida rasmiy ma'lumot berdi.
 
2021 yil 27 may kuni taxminan soat 12:30larda Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi va Yashnobod tumanidagi Turon ko‘chasi kesishmalarida 1994 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan Tolibjon K. «Mercedes-Benz» rusumli, 2-avtobus saroyiga qarashli avtobusni boshqarib ketayotganda YTHga uchragan.

Dastlabki ma'lumotga ko‘ra, avtobus haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangan. Natijada, 1991 yilda tug‘ilgan Aziz X. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

YTH natijasida yengil avtomobil haydovchisi tan jarohatlari olib, tibbiy muassasaga joylashtirilgan.

Top