09:02 / 30.05.2021
14865
Britaniya bosh vaziri yashirincha uylandi

29 may kuni Londonda Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va uning qallig‘i Kerri Saymondsning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi.

OAVning xabar berishicha, juftlik karantin cheklovlariga amal qilgan holda 30ga yaqin kishi guvohligida nikohdan o‘tgan. Marosim Vestminster cherkovida bo‘lgan va shu sababli unga kirish 1,5 soatcha yopib qo‘yilgan. Marosimga juftlikning faqat eng yaqin kishilarigina taklif qilingan. E'tiborlisi, ular taklifni oxirgi lahzada olishgan.

Yana bir qiziq jihati, bosh vazir ofisida Jonsonning to‘yi haqida hech narsa bilmasliklari aytilgan.

56 yoshli Jonson 33 yoshli Saymonds bilan 2018 yildan beri uchrashib yurgan. 2020 yil fevralda juftlik unashtirilganini ma'lum qilgan. Ko‘p o‘tmay ular o‘g‘il farzandli bo‘lishgan. Bolaga bosh vazirni koronavirusdan davolagan shifokorlar sharafiga Uilfred Lori Nikolas Jonson deb ism berilgan.

Jonsonning avvalgi turmushidan 2 qiz va 2 o‘g‘il farzandi bor. Bundan tashqari, Britaniya bosh vaziri nikohsiz tug‘ilgan yana bir qiz farzandga ega.

Top