Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jonson Putin unga raketa zarbasi bilan tahdid qilgani haqida aytib berdi

Foto: Reuters
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson Ukrainaga bosqin arafasida Vladimir Putin bilan telefon muloqoti o‘tkazgani, muloqot davomida Rossiya prezidenti unga raketa zarbasi bilan tahdid qilgani haqida esladi. Bu haqda siyosatchi 30 yanvar kuni kechqurun BBC efirida ketadigan «Putin G‘arbga qarshi» nomli hujjatli filmda aytib o‘tgan.
Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, bu suhbat 2022 yil fevralida o‘tkazilgan, juda uzoq davom etgan va o‘ta g‘ayrioddiy kechgan.
«Qaysidir pallada u menga tahdidona ohangda dedi: „Boris, men seni xafa qilmoqchi emasman, ammo raketa bilan bu atigi bir daqiqa vaqt oladi“, yoki shunga o‘xshash nimadir», — deya RF prezidenti so‘zlarini keltirgan Jonson.
Sobiq bosh vazirning qayd etishicha, u Ukrainada urush boshlash halokatli oqibatlar keltirib chiqarishi, G‘arb tomonidan sanksiyalar qo‘llanishi va Rossiya chegaralari yaqinidagi NATO kuchlari ko‘payishi haqidagi ogohlantirganidan keyin Putinning tahdidli so‘zlari yangragan.
«O‘ylaymanki, uning [Putinning] juda xotirjam ohangiga qaraganda, u shunchaki mening muzokaraga ko‘ndirishga urinishlarim bilan o‘ynashgan», — deya qo‘shimcha qilgan Jonson.
Jonson yana bir bor rossiyaliklar prezidentiga Ukraina yaqin vaqtlar ichida NATOga a’zo bo‘lib kirmasligi haqidagi fikrni yetkazishga urinib, uni har qanday bosqin Rossiya chegarasidagi NATO kuchlarini kamaytirmasligi, aksincha ko‘paytirishidan ogohlantirgan.
«U aytdi: «Boris, siz aytyapsizki, Ukraina NATOga yaqin vaqtlar ichida kirmoqchi emas. Yaqin vaqtlar nima degani?» Va men dedim: «Aytishim mumkinki, ular NATOga yaqin kelajakda qo‘shilmaydi. Siz buni juda yaxshi bilasiz».
Putin tomonidan tahdidlar qanchalik jiddiy bo‘lgani noma’lum. Ammo Rossiyaning Buyuk Britaniyaga qilgan oldingi hujumlardan, jumladan Solsberida Skripallarning zaharlanishidan kelib chiqqan holda Jonson buni jiddiy qabul qilgan, deya qayd etishadi BBC muxbirlari.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

23:17 / 09.07.2025
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”

22:34 / 09.07.2025
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda

21:14 / 09.07.2025
Ukrainada «Neptun» raketasiga oid maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga uringan xitoylik josuslar ushlandi

21:13 / 09.07.2025