Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Boris Jonson 9 iyun, juma kuni kutilmaganda, COVID-19 pandemiyasi bilan boğliq ravişda joriy etilgan lokdaun paytida noqonuniy ziyofatlar bilan boğliq mojaro fonida Britaniya Jamoatlar palatasi a’zoligidan iste’foga çiqdi.

Iste’foga çiqiş maktubida Jonson Jamoatlar palatasi qömitasidan Britaniya qonun çiqaruvçilariga kovidga qarşi çeklovlarni buzgan holda Dauning-stritda ziyofatlar ötkazgani töğrisida yolğon gapirganmi yoki yöqmi, şu masala tekşirilgani haqida xatni olganidan keyin "hayron bölgani va dahşatga tuşganini" aytdi. Bu maktubda "meni hayratda qoldirgan narsa - ular parlamentdan çiqarib yuboriş uçun menga qarşi sud jarayonlaridan foydalanişga qaror qilişgan", dedi u.

Jonsonning sözlariga köra, parlament qömitasining hali e’lon qilinmagan hisoboti "noaniqliklarga töla", ammo "ularning bema’ni va adolatsiz jarayoni doirasida" u heç narsaga e’tiroz bildirişga imkoni yöq. "Ular hanuzgaça men qasddan yoki beparvolik bilan Jamoatlar palatasini çalğitganim haqida zarraça dalil keltirişmadi", deya qöşimça qildi u. Mart oyida qömitaga bergan körsatmasida Jonson parlamentni çalğitganini tan oldi, ammo buni qasddan qilganini rad etgandi.

Ötgan yozda boş vazirlikdan ketganidan söng, Jonson uzoq yillar davomida jamoat palatasida vakillik qilgan London saylov okruglaridan birining deputati bölib qoldi. “Bugun men Aksbrij va Janubiy Rayslipdagi assotsiatsiyaga zudlik bilan iste’foga çiqişimni va qöşimça saylov ötkazişni boşlaşimni ma’lum qiliş uçun xat yozdim”, dedi siyosatçi öz bayonotida.