13:55 / 08.06.2021
8087
Andijonda yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ustaxona oldida to‘xtab turgan mashinalarga kelib urildi

Andijonda yuk avtomobili haydovchisi mast holatda boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan "Matiz" va "Spark" avtomobillariga to‘qnashdi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.

Joriy yil 5 iyun kuni soat 19:00larda, Andijon viloyati, Andijon tumani, “Zavroq” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida haydovchi U.Z. "Gaz-5327" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va “Pemco” nomli avtomashinalarni ta'mirlash ustaxonasi old tomonida to‘xtab turgan "Matiz" hamda "Spark" rusumli avtomobillar bilan to‘qnashuv sodir etgan

Natijada, hodisa joyida bo‘lgan fuqarolar N.Q., O.Z., X.E., A.M. va voyaga yetmagan M.I.ga turli darajadagi tan jarohati yetgan.

Yuk avtomobili haydovchisi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda, unda mastlik holati tasdiqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

“Barcha haydovchilardan mastlik holatida transport vositasini boshqarmaslikni, belgilangan qoidalarga rioya qilishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Top