15:12 / 15.06.2021
10974

Xitoy portlaridagi tirbandliklar jahon savdosini izdan chiqarishi mumkinligi aytilmoqda

Guandun provinsiyasida koronavirus tarqalishi avj olishi natijasida Yantyan port terminali faoliyati 70 foizga to‘xtatilgan va yuklar Nansha hamda Shekou terminallariga taqsimlangan. Yuk tashuvchi kompaniyalar Yantyanga muqobil portlardagi tirbandliklar, kemalar tranzitining bir haftaga cho‘zilishi haqida xabar qilmoqda.

Foto: Getty Images

Xitoydagi yirik dengiz konteyner savdosi markazlaridan biri koronavirus avj olishi sababli falaj holatga tushib qoldi, deb yozadi "Kommersant'".

Ekspertlarning baholashlaricha, bu mart oyida Suvaysh kanalining to‘silib qolishi paydo qilgan oqibatlardan ham jiddiyroq bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, Guandun provinsiyasida koronavirus tarqalishi avj olishi natijasida Yantyan port terminali faoliyati 70 foizga to‘xtatilgan va yuklar Nansha hamda Shekou terminallariga taqsimlangan. Yuk tashuvchi kompaniyalar Yantyanga muqobil portlardagi tirbandliklar, kemalar tranzitining bir haftaga cho‘zilishi haqida xabar qilmoqda.

Yuklov quvvatining cheklangani umumiy tranzit vaqtini 15-16 kunga uzaytirib yubormoqda.

Bozor ishtirokchilarining fikricha, bu tovarlarning nafaqat qimmatlashishi, balki ularning taqchilligiga ham olib kelishi mumkin. Buning oqibatlari jahon savdosiga ikki-uch chorak davomida ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Suvaysh kanalida Ever Given konteyner tashuvchi kemasi tiqilib qolishi natijasida jahon savdosi katta zarar ko‘rgandi.

Mavzuga oid
Top