16:41 / 17.06.2021
2344

Qoraqalpog‘istonda bir kunda 3 ta hokimga o‘rinbosar tayinlandi 

Bugun Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli, Taxiatosh va Mo‘ynoq tumanlari hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bular haqida hokimlarning axborot xizmati xodimlari xabar berishdi.

Taxiatosh tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Xamidulla Maxalov tayinlandi. U bunchaga tumandagi «Spetssignal» MChJda texnik muhandis bo‘lib ishlagan.

 Xamidulla Maxalov

Anvar Kutlumuratov Xo‘jayli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar MIBning Chimboy tumani bo‘limi rahbari lavozimida ishlagan.

Anvar Kutlumuratov

Shuningdek, bugun Mo‘ynoq tumani hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Amin Yerjanov tayinlandi. U bundan oldin ushbu bo‘lim rahbarining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Amin Yerjanov

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisining o‘rinbosari tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top