09:39 / 18.06.2021
3526

Jarqo‘rg‘on tuman qurilish bo‘limi sobiq rahbari yer sotishda ayblanmoqda

Kun.uz'da Jarqo‘rg‘on tumani qurilish bo‘limi sobiq boshlig‘i Sh.T. 4,5 sotix yerni 180 mln so‘mga sotib, pullarni qarindoshlari orqali olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani haqida xabar berilgan edi.

Qurilish bo‘limi boshlig‘i Sh.T.ning harakatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar 26 iyunda Jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman sudida muhokama qilib boshlanadi.

Ma'lumot uchun, qurilish bo‘limi boshlig‘iga nisbatan JKning 168-moddasi 4 qismi «a» bandi bilan ayblov e'lon qilingan. 
 

Top