17:04 / 19.06.2021
3973
Kegeylida 20 nafar ayol yo‘lni nima uchun to‘sib qo‘ygani ma'lum bo‘ldi

Kecha Kegeyli tumanida 20 nafar ayol avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani haqida xabar bergandik. Shundan keyin hokimlik axborot xizmati holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, Xalq banki Kegeyli tumani bo‘limining hisob raqamida mablag‘ yetishmasligi sababli 2021 yil aprel–may oylari uchun ishsizlik nafaqasini to‘lash kechiktirilgan. Shu sababli fuqarolar orasida noroziliklar bo‘lib, ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ygan.

Bayonotga ko‘ra, bank bo‘limi 18 iyun kuni 218 nafar fuqaroga 120 million 330 ming 317 so‘m miqdorida ishsizlik nafaqasi to‘lab bergan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Nukusda 27 may kuni nafaqasi kechiktirilgan bir guruh ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ygangandi. Avvalroq esa Qonliko‘lda bog‘cha tarbiyachilari avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘yishgandi.

Top