Prezident Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga muvofiq Qoraqalpoğiston Respublikasining Kegeyli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga yaqindan yordam beriş Andijon viloyati faollariga yuklatilgan. Hozirda andijonlik mutasaddilar, tadbirkor hamda fermerlar Kegeylida faollik körsatişmoqda.
Andijonlik mutasaddilar amalga oşirilayotgan işlarni yanada jadallaştiriş maqsadida Kegeylida bölişdi. Mazkur hududda andijonlik tadbirkorlar tomonidan 2022–2023 yillar davomida umumiy qiymati 604 milliard söm bölgan 23 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan. Uşbu loyihalar hisobiga 1700 ta yangi işçi örni yaratiladi.



Şuhratbek Abdurahmonov va Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi Raisi Qahramon Sariyev Juzimboğ mahallasida aholi bilan muloqot qilib, hokim yordamçisining faoliyati bilan tanişdi.
100 ta iş örniga ega “Nihol teks” MÇJ paypoq töqiş fabrikasining oçiliş marosimida söz olgan Andijon viloyati hokimi bu xayrli işlarning deboçasi ekanini aytib, hali yuzlab yangi iş örinlari yaratilişini ma’lum qildi.


Kegeylining Juzimbağ ovulida yaşovçi Aqsungil Rametovaning 4 farzandi oliy ta’lim muassasasida şartnoma asosida öqiydi. Farzandlar kontraktiga pul topiş uçun tomorqa atrofidan ğişt quyib sotadi. Ammo suv tanqisligi bor edi. Muammo atrofliça örganilib, xonadon egalariga yer ostidan suv çiqarib berildi.

Ayni paytda “ANDIJON MAKRO FARM” MÇJ tomonidan Kegeylida 23 xil dori vositasi işlab çiqariladigan farm sanoat korxonasi qurilmoqda. Korxonaning loyiha qiymati 67,9 milliard sömni taşkil etadi. 2023 yilda işga tuşirilişi rejalaştirilgan bu maskanda yana 100 ta yangi iş örni yaratiladi.






















