17:53 / 21.06.2021
1210
Namanganda 120 o‘rinli yangi  “Saxovat” uyi foydalanishga topshirildi

Prezident tanqididan so‘ng eski “Saxovat” uyi yangi va zamonaviy ko‘rinishga keltirildi.

Bundan 4 oy muqaddam, prezident “Saxovat” uyida yashovchi keksalar bilan muloqot qilgan edi. Suhbat chog‘ida ularga zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi bino qurib berilishini aytgan edi. 

Mana, roppa-rosa 4 oy o‘tgach,  Namangan shahrining “Orzu” mahallasida yangi “Saxovat” uyi qurib bitkazildi. 1 gektar yer maydonni egallagan ushbu dargoh 120 o‘ringa mo‘ljallangan.

Yangi “Saxovat” internat uyida yashovchilar uchun 4 ta kottej qurilgan bo‘lib, har bir yashovchiga alohida xonalar tashkil etilgan. Har bir kottejda muolaja va fizioterapiya xonalari bor. 

Bundan tashqari, trenajyor zallari, suv havzasi, zamonaviy oshxona, kutubxona va yashovchilar bo‘sh vaqtlarida ko‘ngilli hordiq chiqarishlari uchun dam olish zallari tashkil etilgan.

 

Top