Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Şavkat Mirziyoyev Namanganga taşrifi vaqtida Işoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillar instituti kampusi qurilişining borişi hamda Yangi Namanganni barpo etişga oid taqdimot bilan tanişdi.

Davlat rahbarining taşabbusi bilan 2017 yilda Töraqörğon tumanida Işoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi, boğ va muzey barpo etilgan edi. Prezident 2021 yilda namanganlik saylovçilar bilan uçraşuvda jadid bobomiz nomida çet tillari oliygohi taşkil qiliş maqsadini aytgandi. Bu hayotga köçib, 2022 yilda Töraqörğon tumanida şunday institut taşkil topdi.

Institutda jahon tillari fakulteti, 6 ta kafedra va 16 ta ta’lim yönalişi bor. Hozirda ikki bosqiçda 1 ming 523 nafar talaba saboq olmoqda. Kelgusi yillarda ularning soni yana ortadi.

Şuning uçun Yangi Namangan hududida 5 gektar joyda oliygoh uçun yangi kampus qurilmoqda.

Hozirda ming örinli öquv binosi, sport zali, oşxona qad rostlagan. Ularni şu yil avgustda foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. Keyingi bosqiçlarda talabalar yotoqxonasi va yana bir öquv binosi barpo qilinişi közda tutilgan.

Şu yerda Şavkat Mirziyoyevga Yangi Namangan şahri qurilişi bosqiçlari taqdimot qilindi.

Şahar qurilişi ikki yil oldin boşlangan edi. Bugungi kunda 2 ming 764 ta xonadonli köp qavatli uy-joylar barpo etilgan, yana 648 ta xonadonli uylar qurilmoqda.

Yangi Namangan şahri 200 ming aholiga möljallangan. Unda boğça, maktab va boşqa ijtimoiy muassasalar, iş örinlari uçun sanoat zonasi böladi. Yangi Özbekiston boği ham şu yerda barpo etiladi.

Davlat rahbari bu qulaylik, xavfsizlik, sifatli ekspluatatsiyani mujassam etgan aqlli şahar bölişi kerakligini ta’kidladi. Şu bois loyihani yana bir bor sinçiklab körib çiqiş, sifat nazoratini kuçaytiriş böyiça körsatmalar berildi.