Sayxunobod tajribasi, oltin markazi va boşqalar - Namanganda nimalar kutilmoqda?
|20:34 / 26.03.202410 62011 min
Namangan viloyatidagi 16 ta ixtisoslaşgan tibbiyot markazi negizida 2 ta markaz taşkil etiladi. “Namangan-Pop-Çodak” yönalişida har kunlik ekspress poyezd qatnovi yölga qöyiladi. Sobiq “Karvon” bojxona maskani faoliyati tiklanadi. Qurilişi boşlangan yangi stansiyalar bitgaç, viloyat özining elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini 100 foiz qoplaşi reja qilingan. Xitoylik investorlar Çustdagi mis koniga 200 mln dollar sarmoya kiritmoqçi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatining imkoniyatlarini işga soliş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda aytilişiça, viloyat eksportining 86 foizi töqimaçilik va meva-sabzavotçilik hissasiga töğri keladi. Mingbuloq va Kosonsoyda bir gektardan olinadigan daromad viloyat körsatkiçidan 2 barobar kam. Aholiga berilgan 16 ming gektardan 3,5 ming gektari böş yotibdi. Pop, Çortoq, Norin va Yangiqörğonda sanoatlaşiş darajasi past.
Sayxunobod tajribasi
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani misolida Namangan viloyati Uyçi tumanidagi 56 ta mahallada işsizlik va kambağallikdan xoli hududga aylantiriş, tomorqadan 60-70 million söm daromad oliş böyiça namuna yaratiş topşirildi.
Bunda, mahallalarda jami 4 mingta xonadonni tanlab olib, ularning daromadini oşiriş çoralari köriladi. Keyingi bosqiçda yana 4 mingtasiga moliyaviy, texnik, maslahat va boşqa körinişdagi amaliy yordam beriladi.
Şu tartibda, 35 ming xonadonga gulçilik, issiqxona, baliqçilik, asalariçilik, çorvaçilik, uzumçilik, qulupnay, kartoşka yetiştirişga kömaklaşiladi. Bunga yetarli miqdorda kredit ajratiş rejalaştirilgan.
Zargarlik
Davlat rahbarining sözlariga köra, Özbekistonda qazib olinayotgan oltinning atigi 6 foizi qayta işlanib, bor-yöği 78 million dollarlik eksport bölyapti.
Prezident keça tanişgan zargarlik korxonasini misol qilib, zargarlik mahsulotlarini işlab çiqariş va eksport hajmini oşiriş uçun juda katta salohiyat borligini ta’kidladi.
Şu bois, tadbirkorlar uçun alohida şaroitlarga ega zargarlik zonalari taşkil qilinadi. Sohaga xomaşyo yetkaziş, mutaxassis tayyorlaş, işlab çiqariş zanjiri va sotiş tizimi butunlay qayta körib çiqiladi.
Mavzuga oid
Mutasaddilarga Turkiya tajribasi asosida Namanganda oltinni qayta işlaş va sotiş böyiça yirik markazni işga tuşiriş topşirildi.
Yöllar böyida xizmat körsatiş
Angren şahridan Töraqörğon tumanigaça 100 kilometrlik yölda avtomobillar oqimi kuniga 10 mingdan oşadi. Bu yölni ikki tomoni yil davomida jozibali. Lekin bu yerda odamlarni 2-3 soat uşlab qoladigan loyihalar kamligi qayd etildi.
Yöl böyi servisi Pop, Çust, Töraqörğon tumanlari uçun drayver bölişi, tadbirkorlar 2,5 trillion söm investitsiya kiritib, 10 ming aholini doimiy band qilişga tayyorligi körsatib ötildi.
Şu munosabat bilan mutasaddilarga viloyat hokimligi huzurida alohida direksiya taşkil qilib, master-reja işlab çiqiş va yöl böyidagi yerlarni auksionga çiqariş topşirildi.
Turizm va transport
Namangan viloyati maydonining 20 foizi toğlardan iborat. Bu – toğ turizmini rivojlantiriş uçun katta imkoniyat.
Ayniqsa, bunday loyihalarni Pop, Çust, Yangiqörğon, Kosonsoy va Çortoqda amalga oşiriş mumkin.
Germaniyalik hamkorlar bilan Şahrisabz tajribasi asosida bu tumanlarda toğ turizmini rivojlantiriş master-rejasini işlab çiqiş va yil yakunigaça loyihalarni boşlaş muhimligi ta’kidlandi.
Mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini keskin ösişi uçun transport sohasida imkoniyatlar töliq işga solinmagani körsatib ötildi.
Transport vazirligiga bayram kunlari avia va temir yöl reyslari sonini 2 barobar oşiriş, Namangan yoki Farğonaga uçiş grafigini qayta körib çiqib, vodiyga har kuni böladigan avia reyslarni köpaytiriş topşirildi.
Içki turizmni rivojlantiriş maqsadida Namanganni Buxoro va Samarqand bilan boğlovçi temir yöl reyslari, “Namangan-Pop-Çodak” yönalişida har kuni ekspress yölovçi poyezd qatnovi yölga qöyiladi.
Sanoat va investitsiya
Namangan sanoat zonalari böyiça namuna bölgani – sönggi yillarda viloyatda 72 ta kiçik va yoşlar sanoat zonalari işga tuşgani qayd etildi. Şu bilan birga, Namangan şahri, Namangan, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlaridagi 16 ta sanoat zonasida qöşimça loyiha joylaştiriş imkoniyati bor.
Tadbirkorlar ham xorijiy va mahalliy sarmoya kiritiş taşabbusi bilan çiqqan. Bunga qöşimça ravişda mahalliy 7 ta yirik loyihaga Sanoat jamğarmasidan 37 million dollar ajratiş topşirildi.
Viloyatda 129 ta noruda konidan 29 tasiga sanoat kirib bormagan. Bu konlarda yangi loyiha qilaman, degan tadbirkor köp. Jumladan, ular keramogranit va bazalt tola işlab çiqarmoqçi. Bundan taşqari, Çustdagi “Aliçelek” mis koniga Xitoylik investorlar 200 million dollar sarmoya kiritişga tayyor.
Eksport
Viloyatdan qöşni davlatlarga eksportning hozirgi körsatkiçlari bor imkoniyatga mutlaqo töğri kelmasligi körsatib ötildi. Qöşni davlatlarda savdo uylarini oçiş böyiça muzokara ötkaziş muhimligi ta’kidlandi.
Viloyat sanoat mahsuloti va meva-sabzavoti asosan Toşkent va Andijon orqali eksport bölayotgani tannarxning ösişiga olib kelayotgani qayd etildi. Şu munosabat bilan mutasaddilarga Namangan xalqaro aeroportidagi böş maydonda yuk terminalini işga tuşiriş, Namanganni Qamçiq dovoniga yaqin hududida logistika markazini taşkil etiş, Nanay qişloği hududidagi sobiq “Karvon” bojxona nazorat maskani faoliyatini tiklaş topşirildi.
Qirğiz tomoni bilan kelişilgan holda “Uçqörğon” bojxona postini işga tuşirişni jadallaştiriş zarurligi qayd etildi. Çegara posti yaqinida Xitoylik hamkorlar bilan “Uçqörğon-Kensay” logistika markazini barpo etiş rejalaştirilgan.
Energetika
Namangan viloyati Norin va Sirdaryodan suv oladi, 2 ta magistral kanal va 9 ta suv ombori mavjud. Lekin Namanganning gidroenergetikadagi salohiyati işga solinmagan edi. Keça Norin daryosida GESlar kaskadi qurilişiga start berildi. Bu yerda 228 megavattli 6 ta stansiya yiliga 1 milliard kilovatt elektr çiqaradi. Kelgusi yilda Katta Andijon kanalida 51 megavattli “Qöğay-1,2”, “Beşqörğon-1,2” kiçik GESlar kaskadi ham işga tuşadi.
Şu yili Popda 1 ming megavattli 2 ta quyoş elektr stansiyasi barpo qilinadi. Bu ham 2,2 milliard kilovatt elektr, degani.
Natijada viloyat öz ehtiyojini töliq qoplab, yiliga 2,5 milliard kilovatt elektr eksport qiladi.
Qişloq xöjaligi
Namanganda suv manbalari serob bölgani bilan, suv tejovçi texnologiyalarni birinçi navbatda şu hududda joriy qiliş şartligi körsatib ötildi.
Joriy yilda 60 ming gektarda suv tejovçi texnologiyani joriy qiliş va 40 ming gektarni lazerli tekislaş yuzasidan mutasaddilarga körsatma berildi.
Şuningdek, viloyatdagi kanallarni betonlaş, “Çorkesar”, “Zarkent” va “Isparon” suv omborlarini quriş, “Çust” va “M-2” kanalini ta’mirlaş masalalari körib çiqildi.
Meva-sabzavot eksportini köpaytirib, eksport geografiyasini kengaytiriş böyiça vazifalar ham belgilab olindi. Dehqonlarga berilgan 18 ming gektarga karantin inspektorlari boğlanib, eksportbop mahsulotlar yetiştiriş taşkil etiladi, 54 ming gektarning agrokimyoviy xaritasi işlab çiqilib, 18 ming gektari “GSP+” talablariga moslaştiriladi.
Viloyatda meva-sabzavotning atigi 8 foizi, göştning 28 foizi va sutning 9,5 foizi qayta işlanadi. Kosonsoy va Çortoq meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan bölsa-da, birorta qayta işlaş korxonasi mavjud emas. Mingbuloq, Norin, Çortoq va Popda meva-sabzavot va sut, Namangan va Çortoqda göştni qayta işlaş quvvati yetişmaydi.
Yil yakunigaça meva-sabzavotni qayta işlaş yönalişida 62 ta loyihani işga tuşiriş, Kosonsoy va Popda yirik çorvaçilik klasterlari faoliyatini yölga qöyiş, Popda asal işlab çiqariş böyiça yirik korxonani taşkil etiş muhimligi ta’kidlandi.
Infratuzilma
Şahar va mahalla infratuzilmasini yaxşilaş masalalari muhokama qilinar ekan, aholi ziçligi katta bölgan Namangan viloyatida uy-joy quriş işlarini kengaytiriş zarurligi qayd etildi.
Ikki yil oldin 1 ming 203 gektarda 200 ming aholi uçun “Yangi Namangan” şahri qurilişi boşlangan. Joriy bosqiçda 20 ming xonadonli turar-joy, IT-park, mehmonxona, biznes markazi, şuningdek 68 gektarda Yangi Özbekiston boği qurilişi boşlanadi.
Şuningdek, Çust va Pop tumanida 10 ming aholi uçun Yangi Özbekiston massivlari qurilişiga start beriladi.
Aholini içimlik suvi bilan ta’minlaşni yaxşilaş maqsadida Zarkent, Xojikent, Iskovot, Buloqboşi, Yoşlik şaharçalari va Namangan şahrida suv ta’minotini yaxşilaş loyihasini jadallaştirişga körsatma berildi.
Şuningdek, Çust, Pop, Namangan va Mingbuloqda içimlik va oqova suvini yaxşilaşga 70 million dollar jalb qilinadi.
Yöllarni quriş, ta’mirlaş va saqlaşga xususiy sektorni yanada keng jalb qiliş, bu borada aniq loyihalarni amalga oşiriş muhimligi qayd etildi.
Soğliqni saqlaş
Viloyatdagi 16 ta ixtisoslaşgan tibbiyot markazi tarqoq holda 6 ta tuman va şaharda joylaşgan. Oqibatda bemorlar bir şifoxonadan ikkinçisiga sarson bölib, ortiqça puli va vaqtini sarflayapti. Şu bois bu 16 ta markaz negizida 3,5 ming öringa ega 2 ta – birinçi va ikkinçi Namangan tibbiyot markazlari taşkil etiladi. Bunda şoşilinç va boşqa tibbiy xizmatlar, diagnostik tekşiruvlar hamda tor soha mutaxassislarini bir joyga jamlaş, aholiga tun-u kun xizmat körsatiş imkoni yaratiladi.
Avstriya bilan hamkorlikda Namangan şahrida zamonaviy gemodializ markazini işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Mamlakatimizda infarkt va insult asorati oqibatida faol hayoti çeklangan aholini tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya bilan töliq qamrab oliş muhimligi qayd etildi. Bu boradagi işlarni yaxlit tizim asosida taşkil qilişga körsatma berildi.
Şu munosabat bilan mutasaddilarga insult va jarrohlik amaliyotidan söng reabilitatsiya qiliş böyiça yagona milliy tizim yaratiş, televideniye, radioda soğlom turmuş, töğri ovqatlaniş tarğibotini kuçaytiriş yuzasidan körsatmalar berildi.
Ta’lim
Viloyatda 6 ta davlat va 3 ta xususiy oliygoh bor. Ular içida yetakçi bölgan Namangan universitetida özgariş qiliş vaqti kelgani ta’kidlandi.
Universitetdagi 71 ta ta’lim yönalişi 56 taga kamaytirilib, yangi adabiyotlar bilan töliq ta’minlanadi. Ta’lim sifatini oşiriş uçun öquv dasturlari yangilanadi.
Oliygohlardagi 65 ming talabadan 32 mingi boşqa viloyatdan kelib öqişini inobatga olib, oliygohlar atrofidagi 43 ta mahallada uy yotoqxonalarini taşkil etiş topşirildi.
Yiğilişda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari, tadbirkorlarning takliflari tinglandi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi