09:00 / 21.06.2021
11967
Reklama

Namangandagi hayot uchun ajoyib imkoniyatlar

Namangan Square kundalik hayot to‘g‘risidagi tasavvurlarni o‘zgartiradi: Namangandagi unikal turar joy majmuasi G‘arb an'analari va mahalliy madaniyat hamda zamonaviy uslubga e'tibor qaratib, jamiyat tizimiga yangiliklarni olib kirishga intilmoqda.

Islom Karimov ko‘chasida (mo‘ljal: Angor posti) qulay joylashgan, Namangan aeroportidan atigi 2 daqiqalik masofaga ega, Prezident maktabi qarshisidagi MJ Developers kompaniyasining “shahar ichida shahar” konsepsiyasi asosida qad ko‘taradigan majmua insonlarning asosiy va ikkinchi darajali ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklarni taqdim etadi.  Namangan Square istiqomat qilish va ishlash uchun jozibali joyga aylanadi, bu yerda sizga kerak bo‘lgan barchasi juda yaqin masofada joylashgan.

18 gektarlik ushbu ajoyib shahar hozirda qurilish jarayonida: hududining 60 foizidan ko‘prog‘i ko‘kalamzor maydondan iborat majmua 9 qavatli    32 ta premium darajasidagi uyni, shu jumladan 9 chuqurchali golf maydonini ham o‘z ichiga oladi.

Loyihaning maqsadi – o‘z aholisini avtomobillarsiz ekologik toza muhitda farovon hayot bilan ta'minlash.

Namangan Square o‘z aholisini jahon tendensiyalari bilan tanishtiradi, ularning iste'molchilik tajribalarini boyitadi, ta'lim olishni qulaylashtiradi (majmuada ingliz maktabi va bolalar bog‘chalari mavjud) hamda ziyofatlar va to‘ylarni o‘tkazish uchun ultra zamonaviy klub binosini taqdim etadi. Uning asosiy xususiyatlari – obodonlashtirilgan bog‘lar, jihozlangan bolalar o‘yin maydonchalari, futbol maydonlari, tennis kortlari, basketbol maydonchalari, ochiq havodagi sport zallari, velosiped yo‘laklari, alleyalar va hokazo.

Namangan Square – ushbu go‘zal shaharda ko‘pdan beri mavjud bo‘lgan buyuklik ramzlariga qo‘shimcha bo‘la oluvchi eng yaxshi maskan, ko‘rkam Farg‘ona Vodiysidagi topish mushkul bo‘lgan yashirilgan gavhardir.

Namangan Square – bu Farg‘ona vodiysidagi O‘zbekiston tarixida birinchi va yagona aqlli shahar loyihasi bo‘lib, u egizak minoralar, golf maydoni va 5 yulduzli mehmonxonani o‘z ichiga oladi.

Namangan Square'ning Boulevard'ida shoping uchun 100 dan ortiq chakana oziq-ovqat, o‘yinchoqlar, dekor uchun buyumlar yoki kiyim-kechak savdo do‘konlari mavjud. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar uchun choyxonalar, restoranlar, qahvaxonalar, qandolat do‘konlari, novvoyxonalar, go‘zallik salonlari eshiklari ochiladi – sizga kerak bo‘lgan barchasi va hattoki undan ko‘prog‘i ham!

Namanganning ko‘plab tumanlarida hayot qizg‘in borayotgan bo‘lsa ham, Namangan Square o‘z aholisiga faol turmush tarzi uchun mumkin bo‘lgan har qanday yechimlarni taklif eta oladi, shu jumladan sifatli ta'lim, sog‘liqni saqlash muassasalari, ilhombaxsh ofis joylari, biznes markazlari.

Bundan tashqari, Namangan Square majmuasi potensial xaridorlarga ushbu turdagi loyihalar qurilishi davomida ko‘chmas mulkning bozor narxidan past bo‘lgan narxlaridan foydalanib, kelajakka nazar tashlashning haqiqiy imkoniyatlarini taklif etadi.

Majmua deyarli 1500 ta turar joy xonadonidan iborat bo‘lib, ularning ko‘pchiligi allaqachon sotib bo‘lingan. Bu shuni anglatadiki, 2,6 millionlik aholidan faqat bir qanchasigina kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan hamma narsani taklif qiladigan majmuada yashash imkoniyatidan foydalana oladi.

Namangan ko‘tarilayotgan yulduzga aylanmoqda; “to‘xtovsiz qurilishlar” natijasida dinamik ravishda o‘sib borayotgan shahar bo‘lmoqda. Ushbu turdagi loyihalar shaharning iqtisodiy obodligidan dalolat beradi. Ishonch bilan aytish mumkinki, Namangan jadal rivojlanib borayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligi kompaniyalari bilan Farg‘ona vodiysining navbatdagi iqtisodiy markaziga aylanadi. Shaharning rivojlanishi muqarrar bo‘lib qolmoqda.

MJ Developers kompaniyasi Namangan aholisi uchun hayot sifatini yaxshilash maqsadida Namangan Square majmuasini qurmoqda. Namangan Square bu jadal sur'atda odimlayotgan 32 000 metr kvadratdan ortiq qurilishlardir. Namangan miqyosidagi yangi turar joy va savdo markazi qator ijobiy o‘zgarishlarni, shu jumladan ko‘plab ish o‘rinlari, iqtisodiyotning globallashuvi, uning o‘sishini ta'minlashni taqdim etadi.

Namangan aholisining aksariyati ushbu ajoyib imkoniyat – yangi turmush tarzining kalitidan allaqachon foydalanganlar. O‘zlari va yaqinlari uchun eng yaxshi hayotni istaganlar uchun boshqa imkoniyatlar ham mavjud. Agar siz Namangan markazidagi o‘zbek an'analari bilan uyg‘unlashgan jahon darajasidagi hayotni orzu qilayotganlar sirasiga kirsangiz, u holda hozir ayni vaqti, ushbu imkoniyatni boy bermang, taqdirning bunday sovg‘asini qo‘ldan chiqarmang!

Namangan Square haqida batafsil ma'lumot olish uchun Islom Karimov ko‘chasi(mo‘ljal: Angor posti), aeroport yaqinida, Prezident maktabining qarshisida joylashgan savdo ofisimizga tashrif buyuring yoki biz bilan 1145 raqami orqali bog‘laning.

Barcha qiziquvchilarni har kuni soat 09:00 dan 19:00gacha kutamiz.

Telefon raqami: 1145

Veb-sayt: www.namangansquare.com

Facebook: fb.com/namangansquare.uz

Instagram: @namangansquare.uz

Telegram: t.me/themjdevelopers

Telegram-bot: @mjdevelopers_bot

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top