Biznesning barcha turlarini rivojlantirish va hordiqni mazmunli o‘tkazish uchun juda qulay maydonni o‘zida birlashtirgan MJ Developers'ning istiqbolli loyihasi.

Namangan Square – Namangandagi o‘ziga xosligi bo‘yicha birinchi loyiha. Bir vaqtning o‘zida ham biznes, ham ko‘ngilochar majmuasi bo‘lib, shaharni butun Farg‘ona vodiysida haqiqatan iqtisodiy markazga aylantiradi.

Xo‘sh, aynan nima loyihani o‘ziga xos qiladi?

Dastavval, majmuaning ulkan maydonga egaligini eslatib o‘tish darkor,  u 18 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, qurilish uchun bo‘lgan maydon 325 ming kv. metrni tashkil qiladi.

Namangan Square binolari orasida Iconic Towers – 18 qavatli hashamatli ofislarga ega egizak minoralar alohida o‘rin tutadi. Bu barcha kerakli qulayliklarga ega va sizning yuqori mavqeingizni hamda jiddiy hamkor ekanligingizni namoyish etuvchi, shaharning nufuzli tumanida joylashgan biznesni muvaffaqiyatli yuritish va undan ilhomlanish uchun ideal joydir.

Biznesingiz rivoji uchun ikkinchi jozibador obekt – Boulevard Plaza. 300 metrdan ortiq uzunlikdagi ushbu hududda do‘konlar, umumiy ovqatlanish joylari hatto tungi bozor ham mavjuddir.

Piyoda sayr qilish uchun maydonchalar va turli tuman ko‘ngilochar joylar doimo gavjumlikni va savdoda barqarorlikni ta'minlaydi.

MJ Developers raisi Murari Djalan (Murari Jalan)ning aytishicha, biznes sohasidagi band mutaxassislar uchun turli va to‘laqonli dam olish muhimdir. Majmuaning o‘ziga xosligi shundaki, unda kassadan uzoqlashmasdan turib dam olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

MJ Developers raisi Murari Djalan (Murari Jalan)

Clubhouse'da badminton, bilyard, stol tennisi, futbol o‘yinlari, shuningdek, raqs studiyasi, fintes-markaz, sog‘lomlashtiruvchi spa-salon, basseyn, konferens-zallar, kutubxona, qahvaxona va karaokelarning bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bu yerda ishbilarmonlarning sevimli mashg‘ulotlaridan biridan bahra olish mumkin, Namangan Square'da 32 ming kv. metr hududda golf maydoni qurilmoqda.