18:42 / 23.06.2021
28401

Afg‘oniston hukumat kuchlari bir necha tumanni toliblardan ozod qildi

Sutka davomida 200 nafarga yaqin tolib yo‘q qilingan, yuzdan ortiq jangari yaralangan.

Afg‘oniston hukumat kuchlari mamlakat shimolidagi bir nechta tumandan “Tolibon” jangarilarini siqib chiqardi. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vazirligi vakili Favad Omonga tayanib Reporterly xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, harbiylar beshta tumanni toliblardan ozod qilgan va jangarilarning qarshi hujumlarini qaytargan.

Sutka davomida 200 nafarga yaqin tolib yo‘q qilingan, yuzdan ortiq jangari yaralangan.

Bundan tashqari, hukumat qo‘shinlariga mahalliy aholi ham qo‘shilgani aytilmoqda.

Avvalroq toliblar tojik-afg‘on chegarasidagi Qunduz viloyatida joylashgan «Sherxon-Bandar» chegara-o‘tkazuv punktiga hujum qilgani va hukumat qo‘shinlarining 130dan ortiq harbiy xizmatchilari Tojikiston hududiga qochib o‘tgani xabar qilingandi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top