Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qömitasi toliblarning tojik-afğon çegarasidagi Qunduz viloyatida joylaşgan «Şerxon-Bandar» çegara-ötkazuv punktiga amalga oşirgan hujumi böyiça izoh berdi, deb yozadi Aziya-Plyus.
Hujum oqibatida afğon harbiylari yaralangan va öldirilgan, hukumat qöşinlarining 130dan ortiq harbiy xizmatçilari esa Tojikiston hududiga qoçib ötgan.
Tojikiston çegara qöşinlari xabariga köra, 21 iyun kuni toliblar Şerxon-Bandar çegara komissariatiga hujum uyuştirgan.
«22 iyun soat 9gaça davom etgan qurolli töqnaşuv oqibatida Afğoniston hukumat qöşinlarining 134 nafar harbiy xizmatçisi «Panj» çegara otryadining 3- va 4-zastavalari orqali Tojikiston hududiga çekinişga majbur böldi», - deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinişiça, tojik çegaraçilari insoniylik va qöşniçilik tamoyillariga amal qilgan holda afğon harbiylarining Tojikiston hududiga tösqinliklarsiz ötişiga ruxsat bergan. Xabarga köra, Afğoniston hukumat qöşinlari orasida 4 kişi yaralangan va bir kişi halok bölgan.


Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qömitasi tojik-afğon çegarasidagi vaziyatni keskin deb baholagan, «Şerxon-Bandar»da yaralangan, halok bölgan va asirga olinganlar soni 100ga yaqin.
Tasdiqlangan ma'lumotlarga köra, oxirgi ön sutka davomida Afğonistonning Tojikiston bilan çegaradoş önta viloyatida hukumat qöşinlari va «Tolibon» harakati örtasida töqnaşuvlar davom etmoqda.
Natijada Çaxyob, Yangi Qal'a, Darkad, Daşti Qala, Xöjağor, Daşti Arçi, Imom Sohib va Qalai Zol uyezdlari hamda «Şerxon-Bandar» va «Kokul» çegara-ötkazuv punktlari toliblar qöliga ötgan.

Avvalroq Qunduz viloyatidagi Imom Sohib tumani toliblar tomonidan egallab olingani xabar qilingandi













