23:39 / 28.06.2021
12082

Eron o‘ta uzoq masofaga ucha oluvchi dron ishlab chiqqanini ma'lum qildi

Foto: AFP

Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni Husayn Salomiy eronlik harbiylar ixtiyorida birorta qo‘nishsiz 7 ming kilometr masofani uchib o‘ta oladigan dron borligini ma'lum qildi.

«Bizda 7 ming kilometr masofa uchib o‘tgach, qo‘nadigan dronlar bor», deb ma'lum qilgan Salomiy.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, bu Eron uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bungacha mamlakatdagi eng uzoq masofaga uchuvchi dron «G‘aza» bo‘lgan. U 2 ming kilometrgacha masofani uchib o‘ta oladi.

Mavzuga oid
Top