15:36 / 01.07.2021
1918

Farzand otaga aliment to‘lamagani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Majburiy ijro byurosi Rishton tuman bo‘limi ish yurituvida  fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton  tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor F.Bdan undiruvchi O.B foydasiga aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud. 

Mazkur ijro hujjati o‘g‘ildan otaga aliment undirish haqida bo‘lib, qarzdor F.B muqaddam sobiq turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib, qancha janjallar bilan olib qolgan ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini o‘z qaramog‘ida olib qolgan bo‘lsada, aslida esa ularning ta'minoti uchun umuman e'tibor qaratmagan.

2020 yil yanvar-sentabr oylari uchun 8 140 468 so‘m aliment pulini o‘z farzandlari ta'minoti uchun o‘z otasiga to‘lab berishdan ochiqdan-ochiq bo‘yin tovlagan farzand 2020 yil 6 oktyabrda Rishton tuman ma'muriy sudi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi 1-qismida ko‘zda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.   

Biroq, qarzdor 2020 yil oktabr oyidan 2021 yil iyul oyiga qadar jami 9 oy uchun 8 728 000 so‘m umumiy hisobda 16 million  868 ming so‘m aliment pulini otasi O.Bga to‘lamasdan kelgan va u bilan  o‘tkazilgan suhbat jarayonida alimentni to‘lamasligini ma'lum qilgan.

Shundan so‘ng, joriy yilning 29 iyun kuni qarzdor F.Bga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top