Sergeli tumanining 277-maktab pedagogi 1-sinf öquvçilarining qöliga igna va “samorez” sançib, ularni jazolagani xabar berilib, holat örganilayotgani ma’lum qilingandi.

Bolalar ombudsmani tergovga qadar tekşiruv natijasini e’lon qildi. Unga köra, 2016 yilda tuğilgan 2 nafar öquvçi kaftining ustki qismiga burama mix (samorez) bir neça marta sançib kelingani, bolalarni qiynab, ularga tan jarohatlari yetkazgani aniqlangan.

Şu sabab 18 aprel kuni Sergeli tumani IIO TB tomonidan öqituvçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (qiynaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Qayd etilişiça, öqituvçi 2002 yilda tuğilgan.

Tergov doirasida qöliga igna sançilgani aytilgan 1-sinf öquvçilariga sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani mazkur işda bola manfaatlari nuqtai nazaridan öz kuzatuvini davom ettirişini ma’lum qildi.

Eslatib ötamiz, öquvçilarni qiynaşga oid xabarlar 16 aprelda tarmoqlarda tarqalgandi. Holat ortidan bolalarni şu usul bilan “tarbiyalaş”ga uringan öqituvçi işdan ketgandi.