18:15 / 07.07.2021
9003
Amerika Kubogi. Finalda Messi Neymarga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi

Yakshanbaga o‘tar kechasi Amerika Kubogi finalida qit'aning eng kuchli ikki jamoasi - Braziliya va Argentina to‘qnashadi.

Amerika Kubogi. 1/2 final
Argentina — Kolumbiya — 1:1
(1:0). Penalti — 3:2
Gollar: L.X.Martines, 7 (1:0). Dias, 61 (1:1).
Penaltilar seriyasi: Kuadrado — 0:1. Messi — 1:1. Sanches — 1:1 (darvozabon). de Paul — 1:1 (xato). Mina — 1:1 (darvozabon). Paredes — 2:1. Borxa — 2:2. L.X.Martines — 3:2. Kardona — 3:2 (darvozabon).
Argentina: E.Martines, Otamendi, Talyafiko, Petssela, Molina (Montiel, 46), de Paul, Lo Selso (Paredes, 56), Rodriges, Messi, L.X.Martines, Gonsales (Di Mariya, 67).
Kolumbiya: Ospina, Mina, Sanches, Tesilo (Fabra, 46), Munos, Kuadrado, Kuelyar (Kardona, 46), Barrios, Sapata (Borxa, 60), Borre (Chara, 46), Dias.
Ogohlantirishlar: Lo Selso, 21. Kuadrado, 45. Fabra, 55. Borxa, 63. Montiel, 72. Munos, 75. Kardona, 86. Rodriges, 87. Barrios, 88. Petssela, 90.
Hakam: Valensuela (Venesuela).
7 iyul. Brazilia. Milliy stadioni.

«Hamisha aytib kelaman, individual sovrinlar ikkinchi darajada, biz bu yerga buning uchun kelmaganmiz», — deya qayd etdi yarimfinal o‘yini arafasida Messi. Leo nihoyat terma jamoa bilan nimadir yutishga qat'iy bel bog‘lagan, qolaversa, bu safargi Amerika Kubogi — uning orzusini amalga oshirish uchun so‘nggi imkon. Aftidan, u «Barselona»da nimalar bo‘layotganiga e'tibor ham bermayapti, kataloniyaliklar o‘tgan mavsumni maoshlar vedomostidagi muammo bilan yakunlagan va endi yangi xarid qilingan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xarajatlarni 200 million yevroga qisqartirish zarurati yuzaga kelgan. U bilan shartnoma yangilanishi uchun ko‘k-anorranglilar Pyanichni tekinga qo‘yib yuborishlari va hatto Grizmanni sotishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Luis Suares bilan bo‘lgan voqeadan keyin bunday qarorlar yanada g‘alati ko‘rinishi tabiiy. Ayniqsa, APLda yomon mavsum o‘tkazgan va hozirda terma jamoada ham zaxirada qolib ketayotgan Aguero olib kelingan holatda.

Lionel Skaloni tajribali forvardga guruh o‘yinlarida va pley-offning ilk o‘yinida imkon berdi, ammo baribir Lautaro Martines nomzodida to‘xtaldi. «Inter» forvardi Morata uslubida vaziyatlarni yo‘qqa chiqara boshlagach, asosiy tarkibdan chiqib qolayotgandi. Ammo bosqichma-bosqich avvalgi holatiga qaytdi va qatorasiga uchinchi o‘yinda gol urdi, chorakfinalda bo‘lgani kabi unga golli uzatmani yana Messi berdi. U jarima maydonida turib Lo Selsoning uzatmasini qabul qildi va bir fint bilan Minani mashg‘ulot manekeniga aylantirib, to‘pni  darvoza qarshisida zarba berishga tayyor turgan Lautaroga tashlab berdi.

Bu Leoning ushbu turnirdagi beshinchi golli uzatmasi bo‘ldi, bir turnir doirasida hali hech kim bunday natija qayd etishga erishmagandi. Argentinalik futbolchi shu qadar yaxshi o‘ynamoqdaki, sovrinlar va rekordlar unga yopishib qolmoqda. U turnir boshidan buyon to‘rt o‘yinda eng yaxshi futbolchi sifatida taqdirlandi, ikki bor jarima zarbasidan gol urdi — bu bilan ham tarixga kirdi. Endi Messida jarimadan urilgan gollar soni 58ta, bir turnir davomida o‘zining abadiy raqibi Krishtianu Ronaduga yetib olib, o‘tib ham ketdi.

Qolaversa, u yana bir aniq zarba bilan futbol qiroli Pelening Kopa Amerikada gol urish bo‘yicha rekordini takrorladi - u hozircha 77 gol bilan birinchi bo‘lib turibdi.

Birgina Messining o‘zi yaxshi o‘ynashi natijani kafolatlay olmasdi, bu Kolumbiya ikki oygina avval, Argentinaga qarshi JCh-2022 saralashi doirasidagi o‘yinda 0:2 hisobini durangga aylantira olgandi. O‘shanda o‘yin ikkinchi bo‘limda maydonga Barrios chiqqach o‘zgarib ketgandi, hozirda Reynaldo Rueda jamoasini ushbu yarimhimoyachisiz tasavvur qilib bo‘lmay qoldi. Bu o‘yinda ham u hujumlarda faol bo‘ldi, vaziyatlardan birida uning zarbasidan keyin to‘p darvoza ustuniga tegdi.

Tanaffusga qadar ikki tomonda ham bir xilda imkoniyatlar bo‘ldi. Burchak zarbasidan keyin Messi oltinchi golli pas muallifi bo‘lishiga Ospinaning aql bovar qilmas reaksiyasi yo‘l qo‘ymadi, u jarohat olishdan cho‘chimasdan Nikolas Gonsalesning qaytarib bo‘lmas zarbasini qaytarib qoldi. Kolumbiyaliklarda ham yana bir hujum Minaning xavfli zarbasi bilan yakunlandi, ammo to‘p darvoza to‘siniga tegdi.

Ikkinchi bo‘limning birinchi qismida kolumbiyaliklar baribir kutilgan golni urishdi. Luis Dias tajribali himoyachi Petsella ta'qibi ostida bo‘lishiga qaramasdan o‘tkir burchakdan aniq zarba berib hisobni tenglashtirdi - u himoyachining yelka bilan turtishidan keyin yiqilaturib zarba berishga ulgurdi. «Portu» yarimhimoyachisi oddiy gollar urmayapti. Guruh bosqichida u Braziliya darvozasini «qaychi» uslubida ishg‘ol etgandi, endi esa — boshqa bir favoritga noodatiy gol urdi.

Bu o‘yinda ham zaxiradan maydonga tushgan Di Mariya yana ishonchli o‘yin ko‘rsatdi va himoyachilarning xatosidan keyin to‘pga ega chiqib, Ospinani ham ortda qoldirib, Martinesni juda qulay vaziyatga chiqardi. Ammo gol bo‘lishi muqarrar holatda Barrios to‘pni darvoza chizig‘i oldida to‘xtatdi. Bir necha daqiqa o‘tib Messining zarbasidan kolumbiyaliklarni darvoza ustuni qutqardi. Arbitr va VAR esa Sanches Otamendining futbolkasidan tortgan vaziyat uchun penalti qo‘yishga asos topmadi.

Barchasi penaltilar seriyasida hal etildi, seriyani terma jamoada shu kuni 100-o‘yinini o‘tkazgan Kuadrado aniq zarba bilan boshlab berdi, Messi ham adashmadi. Keyin esa Emiliano Martinesning daqiqalari boshlandi. O‘yin vaqtida u yaqin burchakdan gol o‘tkazib yuborgandi, penaltilar seriyasida esa uch zarbani to‘sdi.

Orzudagi final bo‘ladigan bo‘ldi. Argentina Braziliyaga, Messi Neymarga qarshi — bu aqlbovar qilmas o‘yin bo‘ladi.

3-o‘rin uchun o‘yin. 10 iyul. Kolumbiya — Peru (5.00)
Final. 11 iyul. Argentina — Braziliya (5.00)

Top