5 avgust, payşanba oqşomidagi kutilmagan xabar futbol olamini «portlatdi»: «Barselona» Lionel Messi 18 yillik faoliyatidan keyin klubni tark etişi haqida rasman e'lon qildi. Şartnomani uzaytiriş böyiça kelişuvga erişilgani, bu haqda tez orada rasman e'lon qilinişi haqidagi xabarlar ortidan kutilmaganda Messi bilan şartnomani yangilaşning imkoni bölmagani ma'lum böldi. La Ligadagi moliyaviy çeklovlar sababli bir-biriga deyarli sinonim sözlarga aylangan Messi va «Barsa»ning yöllari bu safar ayro tuşdi. Qariyb 40 kundan buyon jamoasiz bölgan Messi endi qayerga yöl oladi?

«PSJ»

Argentinalik hujumçi uçun ehtimoli eng yuqori bölgan manzil – Parij. Yevropaning barça klublari orasida Messining maoşini tölaşga qurbi yetadigan kam sonli klublardan biri aynan «PSJ»dir. Lionel «Barsa»da yiliga örtaça 138 million yevro maoş olardi va moliyaviy vaziyat tufayli maoşi 50 foizgaça qisqarişiga ham rozi bölgandi. Şunga qaramay, Messiga yiliga 50 million yevro maoş berişni hamma klub ham öziga ravo körolmaydi. «PSJ» uçun esa bu muammo emas.

Parijliklar ötgan yilda ham Messini öz safiga qöşib olişni istaşgan, qişda esa Anxel Di Mariya «Barsa» hujumçisining Fransiyaga köçib keliş ehtimoli yuqoriligini aytgandi. Darvoqe, bir neça kun oldin Lionel «PSJ» futbolçilari – Di Mariya, Neymar, Paredes va Verratti davrasida suratga tuşgandi. Bu esa argentinalikning Parijga köçib ötişi haqidagi miş-mişlarni reallikka aylantirayotgandek.

Qatarlik şayxlar Parijda orzudagi jamoani tuzişmoqda: yozda klub Hakimi, Donnarumma, Veynaldum, Ramos singari yulduzlarni taklif etgandi. Qiziği, bu yulduzlarning uç nafari Parijga erkin agent sifatida kelgan. Messi ham Fransiya top-klubiga transfer pulisiz kelib qöşilişi mumkin.

«Mançester Siti»

Pep Gvardiola 2000-yillar oxiri va 2010-yillar boşida Messi bilan birga afsonaviy «Barsa»ni yaratgan va bu safar ularning «Mançester Siti»da yana birgalikda işlaşi katta voqelik bölardi. Bir yil avval Suaresning «Kamp Nou»ni tark etişi ma'lum bölgaç, Leo klub rahbariyatiga norozilik demarşi sifatida kataloniyaliklar maşğulotlariga bormay qöygaç, «şaharliklar» uni Mançesterga olib kelişga uringandi. Ispan matbuotiga işonilsa, Gvardiola öşanda Messi bilan suhbatlaşib, uni klubda qolişga çaqirib, «Mançester Siti»ga ötişidan barça zarar körişini tuşuntirgan. Öşanda «Siti» moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzişda ayblanib, UYeFA tomonidan yevrokuboklardan çetlatilişiga oz qolgandi.