Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik bloger jarimaga tortilgani aytildi. Bu – avvalgi rasmiy ma'lumotga zid, hozircha isbot ham yo‘q
Amir Temur xiyobonidagi holat va bunga ichki ishlar organlarining munosabati jamoatchilik tanqidlariga sabab bo‘lgach, Toshkent shahar IIBB rus blogeri Subo va yana 25 kishini jarimaga tortganini iddao qildi. Ammo hozircha bunga isbot ko‘rsatilgani yo‘q. IIV esa blogerni UZB-toifa avtomobillar va YPX xodimlari qo‘riqlab yurganini “shunchaki tasodif” deb atadi.

Obunachilariga pul tarqatishini aytib, Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni atrofida karantin bo‘lishiga qaramay 200dan ortiq yoshlarning to‘planishiga sabab bo‘lgan rossiyalik bloger Subxan Mamedovga chora ko‘rilmagani jamoatchilik tanqidiga sabab bo‘lgan edi.
14 iyul kuni Kun.uz bu masalada Toshkent shahar IIBBdan izoh so‘raganida, bu voqea bo‘yicha bloger va boshqalarga nisbatan hech qanday ma'muriy bayonnoma tuzilmagani aytilgan edi.
Biroq, jamoatchilik tanqidlari ortidan, IIBB bloger va undan tashqari yana 25 nafar shaxs jarimaga tortilganini bildirib qo‘shimcha bayonot chiqardi.
“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tekshiruv natijasiga ko‘ra, 26 nafar fuqaro (shu jumladan S.Mamedov va uning kuzatuvchilari) karantin qoidalariga zid ravishda jamoat joyida tibbiy niqobsiz bo‘lganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortildi, 83 nafar fuqaroga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirish jarayonida, 9 nafar voyaga yetmagan shaxslarning ota-onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ogohlantirildi. Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda”, – deyiladi boshqarma axborotida.
Bayonotga rossiyalik bloger jarimani to‘lagani haqidagi to‘lov kvitansiyasi ilova qilinmagan. Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Otabek Umarov avtomobilida taqiqlangan tezlikda harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarima to‘lagani xabar qilinganda buning isboti o‘laroq to‘lov kvitansiyasi ham ilova qilingandi.
MJtKning 54-moddasiga ko‘ra, karantin paytida jamoat joyida niqobsiz bo‘lish 5 BHMgacha jarima bilan jazolanadi.
Blogerni YPX xodimlari va UZB-toifa raqamli mashinalar qo‘riqlab yurgani ham inkor qilindi
Subxan Mamedov Instagram'ida tarqatgan bir nechta videolarda O‘zbekistondagi sayohati davomida uni yo‘l-patrul xizmati va maxsus signalga ega, UZB toifasidagi raqamga ega avtomobillar qo‘riqlab yurganini aytgan, ular videokadrlarda ham ko‘ringan.
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Kun.uz'ga bergan izohida rossiyalik blogerni kuzatib yoki qo‘riqlab yurish bo‘yicha hech qanday xizmat ko‘rsatilmaganini iddao qildi.
“S.Mamedovni olib yurgan mashinani Urganchdan Toshkentgacha YPX xodimlari va hatto UZB-toifa raqamli mashinalar ham qo‘riqlab yurgani – shunchaki tasodif. Rossiyalik bloger yo‘lda ketayotgan YHXBga tegishli birorta mashinaning orqasidan tushib olib, bundan o‘zini “piar” qilish maqsadida foydalangan bo‘lishi mumkin.
Amir Temur xiyoboni atrofida mehmonlarni maxsus raqamli mashina kuzatib borayotgani esa rossiyalik bloger va sheriklari olomon orasidan olib chiqilib, tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga olib borilayotganda tasvirga olingan bo‘lishi kerak”, – dedi Shohrux G‘iyosov.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17
-
Shavkat Mirziyoyev 15-20 daqiqa tirbandlikda qolib ketdi, Farhod bozorida tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:11
-
Estoniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini bloklash bilan tahdid qildi
Jahon | 23:09
-
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda
Jahon | 22:34
Mavzuga oid

09:05
Iroqda saqlanayotgan noyob asar Toshkentda namoyish etilishi mumkin

19:36 / 08.07.2025
Toshkentda Tico yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib yubordi

23:41 / 07.07.2025
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi

19:00 / 07.07.2025