Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda saqlanayotgan noyob asar Toshkentda namoyish etilishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Ayub Yunusov Iroqning Kuvaytdagi elchisi Al-Manhal as-Sofi bilan uchrashdi.
Suhbat davomida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi arafasida poytaxtda o‘tkaziladigan "O‘zbekiston madaniy merosi - butun insoniyat merosi" mavzusidagi xalqaro ko‘rgazmada Iroq vakillarining ishtiroki masalasi muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar Bag‘dod shahridagi "Avqoful omma" kutubxonasida saqlanayotgan Faxrul-islom Bazdaviyning "Usul al-Bazdaviy" asarining qo‘lyozmasi nusxasini mazkur ko‘rgazmada namoyish etish imkoniyatlari xususida fikr almashdilar.
Elchi Al-Manhal as-Sofi O‘zbekiston tomonining ushbu taklifini Iroqning mutasaddi vazirlik va idoralari vakillari bilan muhokama qilishini bildirdi.
Shuningdek, uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston-Iroq investitsiya forumi, O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi, ikki davlat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolash, ishbilarmonlar kengashini tashkil etish, O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Iroq Madaniyat, turizm va qadimiy meros vazirligi o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash va boshqa takliflar ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026