14:42 / 15.07.2021
30010
«Tolibon» uch oylik tinchlik sulhini tuzish uchun shartini aytdi

«Tolibon» jangarilari Afg‘oniston hukumatiga 7 ming nafar mahbusni ozod qilish va harakat yetakchilarini BMTning qora ro‘yxatidan chiqarish evaziga uch oylik sulh tuzish taklifi bilan chiqqan.

Bu haqda Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi vakili Nodir Nodiriy ToloNews telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Interfaks".

Nodir Nodiriy «Tolibon» taklifini jiddiy deb atadi, biroq o‘tgan safar 5 ming nafar mahbus ozod qilinganidan so‘ng «vaziyat yengillashish o‘rniga yanada keskinlashgan»ini eslatib o‘tdi.

Ayni vaqtda Afg‘onistonda xorijiy qo‘shinlar olib chiqilishi ortida «Tolibon» harakatining faollashuvi kuzatilmoqda. Harakat jangarilari mamlakatdagi qator tumanlarni o‘z nazoratiga olgan.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top