Savdo-sanoat palatasi xabariga köra, Afğonistonda doimiy aholi soni 34,9 million nafarga yetdi. Import bozori 7 milliard dollarni taşkil etadi. Eng köp talab qilinadigan tovarlar qişloq xöjaligi, oziq-ovqat, töqimaçilik, çarm, elektrotexnika mahsulotlari va quriliş materiallari hisoblanadi.

Şuningdek, muzokaralar natijasida qöşni davlatning 18 ta yetakçi kompaniya vakillari iştirokida Özbekiston - Afğoniston Işbilarmonlar kengaşini tuzişga kelişib olindi.

Işbilarmonlar kengaşining tuzilişi ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga, ular uçun özaro munosabatlarning yangi platformalarini yaratişga, şuningdek, Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulotlarni Afğonistonga eksport qiliş hajmini oşiriş hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilişda yordam beradi.