11:39 / 16.07.2021
8061
Imron Xon: 3 milliondan ortiq afg‘on qochqinlari Pokistonda, ular ko‘proq bo‘lishi ham mumkin edi
Foto: Paula Bronstein/Getty Images

16 iyul kuni Toshkent shahrida boshlangan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasida Pokiston bosh vaziri Imron Xon ham nutq so‘zladi.

«Afg‘on muammosi butun mintaqani o‘ylantiradi. Yuz minglab odamlar ma'nisiz urushlar qurboni bo‘lishdi. Muhtaram Ashraf G‘ani janoblari aytganlaridek, masalaning iqtisodiy jihatlari ham juda muhim. Prezident Shavkat Mirziyoyev taklif etgani kabi «Termiz –Mozori Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo‘l loyihasi kabi loyihalar aynan bu davlat tinchligiga katta xizmat qilishi mumkin. 

Birodar afg‘on xalqining muammosini bir misol bilan ifodalash mumkin – bu davlatning 3 milliondan ortiq fuqarolari Pokistonda boshpana topishgan. Qochqinlar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin edi, lekin bizning ham imkoniyatlarimiz ma'lum darajada cheklangan», deya bosh vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Toshkent konferensiyasi
15-16 iyul kunlari Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Barchasi
Top