Pokistonda afğonlarga qarşi reydlar boşlandi. Yuz minglab kişilar çegara tomon qoçmoqda
|22:29 / 03.11.202321 0127 min
Pokiston hukumati mamlakatda böliş uçun qonuniy asosga ega bölmagan afğon muhojirlarini deportatsiya qiliş kampaniyasini boşladi. Politsiya Pokistonning önlab şaharlarida reydlar ötkazmoqda va noqonuniy muhojirlar qölga olinmoqda, ular mamlakatdan çiqarib yuboriladi.
Foto: AFPFoto: AFP
Bir oy oldin rasmiy Islomobod tegişli hujjatlarga ega bölmagan barça xorijliklarga Pokiston hududini ixtiyoriy ravişda tark etişni tavsiya etgandi. Bu buyruqning amal qiliş muddati 1 noyabrga ötar keçasi tugadi.
Pokiston içki işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Şarifroz Bugti mahalliy rasmiylar afğonlar yaşirinib yotgan uylar va boşpanalarni aniqlayotganini ma’lum qilgan.
«Biz qariyb 36 soatdan buyon köçaga çiqmadik. Bizga çiqmaslik kerakligi, yöqsa qölga olişlarini aytişdi. Seşanba kuni öz közim bilan uç kişi qölga olinganiga guvoh böldim. Keyinroq bu odamlar qöyib yuborilganini eşitdim, ammo vaziyat juda asabiy. Mohiyatan biz qamoqdamiz, bu esa oilalar uçun katta stress», — degan Reuters agentligi bilan suhbatda bölgan afğonlardan biri.
Afğonistonliklarning sözlariga köra, politsiya nafaqat nelegallarni, balki maxsus viza (Special Immigrant Visas) olişga ulgurgan hamda Pokistonda legal qoçqin maqomini egallagan afğonlarni ham tutmoqda.
2021 yilda hokimiyat toliblar qöliga ötganidan keyin qariyb 600 ming afğonistonlik Pokistonga qoçib ötgandi.
Bu afğonlarning qöşni davlatga ommaviy köçib ötişining ikkinçi tölqini edi. Birinçisi Afğonistonga 1979 yilda sovetlar ittifoqi qöşini bostirib kirgaç boşlangan va köp yillar davom etgan uruş tufayli röy bergandi
Pokistondagi qator siyosatçilar, huquq va jamoat faollari çorşanba kuni Pokiston oliy sudiga ommaviy deportatsiyani töxtatiş va inson huquqlariga rioya etiş talabi bilan petitsiya yubordi.
BMT ham deportatsiya qilinayotgan afğonlar öz mamlakatida toliblar tomonidan ta’qib etilişi va hatto öldirilişi mumkinligini inobatga olib, Islomobodni bu qarorni qayta körib çiqişga çaqirdi.
Nimalar bölmoqda?
Pokiston va Afğoniston çegarasidagi nazorat-ötkaziş punktlarida ön minglab kişilar va yuzlab yuk maşinalari töplangan
Foto: ABDUL BASIT/AFP
Payşanba kuni Pokiston şimoli-ğarbida, Afğoniston bilan çegaradoş Belujiston viloyatida minglab kişilar töplandi.
Mavzuga oid
Uyga qaytişi xavfli bölişi mumkinligiga qaramay, köplab afğonlar Pokistonni öz ixtiyoriga köra tark etişni afzal körmoqda, aks holda ular hibs qilinişi va kuç bilan butunlay haydab çiqarilişi mumkin.
Köpçilik berilgan muhlat içida bunday yöl tutmagan, çunki ular hukumat bu qadar qat’iy harakat qilişini kutmagan.
Xabarlarga köra, payşanba kuni mamlakat janubidagi yirik Karaçi şahrida yuzdan ortiq kişi qölga olingan, Belujiston viloyatining Afğoniston bilan çegara hududidagi Kvetta şahrida esa 425 kişi qölga olingan.
Mahalliy hukumat vakili Abdul Nosir Xon Reuters agentligiga ötgan oyda Hayber-Paxtunhva va Belujiston viloyatlaridagi nazorat-ötkaziş punktlari orqali Pokistonni 128 ming kişi tark etgan, çorşanba kunining özida esa 24 mingdan ortiq kişi çegarani kesib ötib mamlakatiga qaytgan va yana ön minglab kişilar öz navbatini kutmoqda.
Yana 20 mingdan ortiq kişi Pokistondan boşqa yönalişlar orqali çiqib ketgan.
Xonning sözlariga köra, nazorat-ötkaziş punktlari bir neça kundan buyon tunda ham töxtovsiz işlamoqda, bu noodatiy amaliyot, lekin ötkazuvçanlikni oşiriş uçun şunga zarurat bor.
Amaldorning sözlariga köra, Hayber-Paxtunhva viloyatining çegara hududi böylab vaqtinça lager barpo etilgan, bu hududda çegaradan ötiş navbatini kutib turgan oilalar uçun kerakli şaroitlar yaratilgan.
Ammo bu ma’lumotni mustaqil manba orqali tekşiriş imkoni yöq, ayni vaqtda OAV vakillari çegara hududlarga ötkazilmayapti.
Çegaraning ikki tomonida ham xaos
Bu odamlar allaqaçon Afğoniston hududiga ötgan va keyingi körsatmani kutişmoqda. Ularning köpçiligi vatanini önlab yillar oldin tark etgan va hozirda borar joyi yöq. Foto: AFP
Guvohlar tomonidan berilgan uzuq-yuluq ma’lumotlarga köra, Belujistonning çegara hududida tirbandlik yuzaga kelgan. Minglab piyodalar va yuzlab yuk maşinalari köplab kilometrlarga çözilgan navbatlarda turişibdi.
Köpçilik Pokistonni qöliga ilingan narsa bilan tark etmoqda. Nisbatan öziga töq oilalar öz buyumlarini taşiş uçun yuk maşinalari yollagan.
Pokiston hukumati baholariga köra, mamlakatda yaşovçi tört million afğondan roppa-rosa 1,7 mln nafarining hujjatlari joyida emas va mamlakatni tark etişi lozim.
Ularning köpçiligi bir neça ön yillardan buyon Pokistonda yaşaydi va ularning farzandlari umrida heç qaçon Afğonistonda bölmagan.
Xabarlarga köra, çegaraning Afğoniston tomonida ham tartibsizlik hukm surmoqda. Çegaraçilar yuz minglab kişilarning Afğonistonning içki hududlariga ötkazilişini taşkil etişga urinmoqda, biroq kirib kelayotgan odamlar oqimi juda katta.
Ularning köpçiligi allaqaçon Afğonistondagi uylari va oilaviy aloqalarini yöqotgan, ularning şunçaki borar joyi yöq.
«Pokiston konstitutsiyasi bu zamindagi har bir kişiga adolatli sud huquqini beradi, ammo qoçqinlar bu huquqdan mahrum», — degan Karaçidan bölgan huquq faoli Moniza Kakar.
Toliblar ham Islomobodni afğon qoçqinlariga heç bölmaganda narsalarini yiğiştiriş uçun vaqt berişni va bağrikenglik körsatişni söragan. Ular şuningdek siyosiy sabablarga köra mamlakatdan qoçib çiqqan afğonlar qörqişiga hojat yöqligi, ularga tinç hayot kafolatlanganini bildirgan.
Islomobodning bu qarori nima bilan boğliq?
Pokiston rasmiylari afğonlar mamlakatdagi milliy xavfsizlikka tahdid solayotganini ma’lum qilgan.
Ularning fikriça, noqonuniy muhojirlarning köpçiligi mahalliy jinoiy guruhlar safiga kirgan, şuningdek, öz mamlakatidagi radikal harakatlar bilan aloqalarga ega.
Rasmiy Islomobod sönggi vaqtlarda mamlakatning turli hududlarida jangarilarning hujumlari soni ortganini qayd etgan.
Ekspertlar fikriça, afğonlarning ommaviy deportatsiyasi Afğonistondagi yangi hukumat xavfsizlik sohasida hamkorlik qilişi uçun «Tolibon»ga taktik bosim bölişi ham mumkin.
Ammo Afğonistonning Pokistondagi elçixonasi e’lon qilgan bayonotda Islomobodning bu harakati ikki mamlakatning şusiz ham murakkab bölgan munosabatlarini oğirlaştirişi aytilgan.
Pokiston özining bu qarori pokistonliklarning köpçilik qismi tomonidan qöllab-quvvatlanganini aytmoqda.
Bu pozitsiyani tasdiqlaydigan qandaydir ijtimoiy sörovlar ötkazilgani aniq emas, ammo köpçilik mustaqil ekspertlar bu qaror çindan ham jamoatçilik qölloviga egaligiga şubha qilmayapti.
Sönggi yillarda Pokistondagi turli jamoat guruhlari qoçqinlar muammosiga e’tibor qaratib, ular mamlakat iqtisodiyoti va infratuzilmasiga ulkan yuklama bölayotganini aytib kelişardi.
Pokistonda, yirik afğon jamoalaridan taşqari, Eron va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelganlar ham yaşaydi.
Ularning soni sezilarli darajada kam va hukumatning ultimatumi ularga ham taalluqli ekani hozirça aniq emas.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi