22:43 / 18.07.2021
7007
OPeK+ davlatlari neft olish hajmini ko‘paytirishga kelishib oldi

Neft qazib oluvchi davlatlar 2021 yil oxirigacha neft qazib olish hajmini oshirishga kelishib oldi.

Foto: Getty Images

18 iyulda OPeK+ tashkilotiga kiruvchi davlatlar vazirlari onlayn formatdagi anjumanda avgustdan boshlab joriy yil oxirigacha neft hajmini kuniga 0,4 mln barrelga ko‘tarishga kelishib olishdi.

Shuningdek, neft hajmini cheklovchi kelishuv amal qilishi 2022 yil oxirigacha uzaytirildi.

Bundan tashqari, OPeK+ alohida davlatlar uchun neft olish hajmining yangi me'yorlarini o‘rnatdi. Misol uchun, dunyodagi eng yirik neft eksportchilari bo‘lgan Rossiya va Saudiya Arabistoni uchun kunlik miqdor 11,5 mln barrel qilib o‘rnatildi.

Top