Aprel oyining dastlabki haftasini AQŞ iqtisodiy faolligini körsatib beruvçi ISM körsatkiçi e’lon qilingani boşlab berdi. Duşanba kuni tarqatilgan ma’lumotlarga köra, mart oyida ISM ((The Institute of Supply Management, ya’ni Ta’minotni boşqariş instituti) körsatkiçi 50,3, prognozdan 1,8 punkt balandroqni taşkil etgan. Bu şuni anglatadiki, AQŞda olib borilayotgan keskin monetar siyosatga qaramay iqtisodiy ösiş sekinlaşmay, aksinça hali ham öz kuçini saqlab qolgan. Haftaning keyingi muhim makroiqtisodiy körsatkiçi AQŞdagi işsizlik darajasi bölib, mart oyida ijobiy natija qayd etilgan. Xususan, ötgan oyda işsizlar soni 0,1 foizga qisqarib, umumiy körsatkiç 3,8 foizni taşkil etgan. Bu natija Federal zaxira tizimi (FZT) raisi Jyerom Povelga öz siyosatini töliq kuçida olib borişi uçun barça imkoniyatlarni taqdim etib, 2 foizlik inflatsiya körsatkiçiga erişiş uçun yordam beradi. Biroq geosiyosiy omillar (Yaqin Şarqda Isroil va Eron örtasida vaziyatning keskinlaşuvi) neft va oltin narxini osmonga kötarib yubordi. Bu esa iqtisodiyotga kuçli bosim ötkazib, inflatsiya holati taranglaşişiga olib kelişi kutilmoqda. Raqamlarda olib qarasak, neft yil boşidan 18-22 foiz, oltin 13 foiz, S&P500 fond indeksi esa 9 ösişga erişgan. Bu esa iqtisodiyotda heç qanday şoksiz “yumşoq qöniş” ssenariysini amalga oşiriş qançalik murrakabligini yaqqol körsatib beradi.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 1 apreldan 5 aprelgaça bölgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.
AQŞ top fond bozorlari indeksi:
S&P500 – 5204 (hafta boşidan -0,95 foiz, yil boşidan +9,11 foiz);
NASDAQ – 18108 (hafta boşidan -0,8 foiz, yil boşidan +7,62 foiz);
DJI – 38904 (hafta boşidan -2,27 foiz, yil boşidan +3,22 foiz).
500 ta eng yirik kompaniyalardan tarkib topgan S&P500 indeksi 50 punktga, Dow Jones indeksi 900 punktga, NASDAQ indeksi esa 146 punktga pasaydi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2329 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan +4,3 foiz, yil boşidan +12,94 foiz;
- Kumuş – 27,4 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan +10,48 foiz, yil boşidan +15,57 foiz;
- Alyuminiy – 2443 dollar (1 tonnasi) hafta boşidan +4,71 foiz, yil boşidan +2,6 foiz:
- Mis – 4,2 dollar (1 funti) hafta boşidan +5,77 foiz, yil boşidan +9,29 foiz.













