Ukraina dronlarining hujumlari tufayli neftni qayta işlaş zavodlarini yuklaş bilan boğliq muammolar fonida Rossiya neft kompaniyalari mart oyida dengiz eksportini sezilarli darajada oşirdi, deb yozadi 10 aprel, çorşanba kuni «Kommersant». Naşr keltirgan Kpler tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga köra, mart oyida neft eksporti 2023 yil may oyidan buyon eng yuqori körsatkiçga yetgan va kuniga 3,8 million barrelni taşkil etgan.

Yanvar va fevral oylarida Rossiya tankerlar orqali mos ravişda sutkasiga 3,5 million barrel va 3,3 million barrel eksport qildi. «Rossiya Ukraina uçuvçisiz uçoqlarining hujumidan keyin neftni qayta işlaş zavodlarida sodir bölgan avariyalar tufayli öz quvvatlari bir qismi tugaşi fonida neft eksportini sezilarli darajada oşirişga majbur», deb yozadi «Kommersant». 

Gazeta suhbatdoşlariga köra, bir qator neft işlab çiqaruvçi korxonalar avariyalardan keyin işlab çiqarişni qisqartirişga majbur bölgan. 2024 yilning ikkinçi çoragida esa Rossiya OPEK+ bilan kelişuvlar doirasida neft qazib oliş va uning eksportini qisqartirişi kerak. Şu tariqa, iyun oyida, boş vazir örinbosari Aleksandr Novakning sözlariga köra, neft qazib oliş kuniga 9 million barrelgaça kamayişi kerak. 

Bloomberg: narx çegarasiga rioya etilmayapti 

Şu bilan birga, Bloomberg xabar berişiça, Rossiya nefti xalqaro bozorda G7 mamlakatlari tomonidan belgilangan narx çegarasidan ança yuqori sotilmoqda. 

Xususan, Argus Media mustaqil narx agentligi ma’lumotlariga köra, Rossiyaning Urals xom nefti hozirda Boltiq va Qora dengiz portlaridan bir barrel uçun 75 dollardan, ya’ni belgilangan çegaradan 25 foizga qimmatroq narxda jönatilyapti.

Şunday qilib, Bloomberg ta’kidlaşiça, Ukrainadagi uruşni davom ettiriş uçun Moskvani daromaddan mahrum qilişi kerak bölgan taqiq, şubhasiz, amal qilmayapti.