17:09 / 23.07.2021
25670
Hindistonda g‘ayrioddiy tabiat hodisasi yuz berdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan videoda suv yuzasiga yerning ko‘tarilib chiqishi aks etgan.

Hindistonning Haryana shtatida g‘aroyib hodisa yuz berdi – yer suv ostidan yuqoriga ko‘tarilib chiqdi. Bu haqda The Indian Express xabar bermoqda.

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan videoda suv yuzasiga yerning ko‘tarilib chiqishi aks etgan.

Ushbu hodisaga nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum emas.

Ayrimlar yer tektonik faollik sababli ko‘tarilgan deb hisoblasa, boshqalar tuproqda yig‘ilib qolgan metan mazkur holatni keltirib chiqargan degan fikrni bildirmoqda.

Mavzuga oid
Top