07:03 / 24.07.2021
1546

Haydovchining rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Jizzax viloyati Forish tumani hududidagi Jizzax – Forish – Qizilcha yo‘lining 41- kilometrida Zafarobod tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Nexia-3” qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Jizzax shahrida yashovchi shaxs boshqaruvidagi «Sobalt» bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida «Sobalt» haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotkizilgan.

Shuningdek, «Sobalt» haydovchisi bosh miya jarohati, o‘ng boldir bo‘g‘inining yopiq sinishi, ko‘krak qafasining yopiq jarohati bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. «Hodisaga haydovchilardan birining rul boshqaruvini yo‘qotganligi sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi», deyiladi viloyat IIB xabarida.
 

Top