Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida aholi punktida qoidalarni buzib tez harakatlangan haydovçi ikki nafar maktab öquvçisining ölimiga sabab böldi.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 15 aprel kuni tuş paytida Ğallaorol tumani hududida sodir bölgan.
Baxmal tumanida yaşovçi 26 yoşli haydovçi öziga tegişli “Lasetti” maşinasi bilan tumanning Oqtom mahallasi hududidan ötgan Ösmat-Baxmal avtomobil yölida qoidalarga zid ravişda tezlikni oşirgan.
Şunda u maşina boşqaruvini yöqotgan va yöl çetidan maktabga ketayotgan ikki nafar öquvçini urib yuborgan. Oqibatda 5 va 7-sinfda öqiydigan öquvçilar oğir tan jarohatlari olib vafot etgan.
“Lasetti” bolalarni urib yuborgaç, yöldan ança içkarida bölgan qoramol bilan töqnaşib, uni ham bosib öldirgan. Söng devorga urilib töxtagan.
Viloyat IIB YHXB tayyorlagan videoda haydovçi soatiga 70 km tezlikda yuriş belgilangan aholi punkti içida soatiga 100 km tezlikda harakatlanib kelganini aytgan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Ğallaorol tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Haydovçi protsessual tarzda qamoqqa olingan.












