Prezident Şavkat Mirziyoyev «ADM Jizzakh» avtomobil zavodi faoliyati bilan tanişdi.

«Oldinlari Jizzax viloyati sanoat körsatkiçlari eng past bölgan hududlardan biri edi. Bugungi kunda har bir tumanga sanoat kirib bordi.

Viloyat sanoatini rivojlantirişda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi katta örin tutmoqda. U mahsulot işlab çiqariş böyiça respublikada uçinçi, eksport hajmi böyiça esa oltinçi örinda turadi. Keyingi yillarda uning faoliyati takomillaştirilib, işlab çiqarişga qulaylik kengaytirildi. Bugungi kunda sanoat zonasida 33 ta loyiha amalga oşirilib, 7 ming 670 kişi işlamoqda.

“ADM Jizzakh” mas’uliyati çeklangan jamiyati – sanoat zonasida samarali faoliyat yuritayotgan korxonalardan biri. U 2021 yilda taşkil etilgan. Ötgan uç yilda “Kia”, “Chery” hamda “Haval” brendlari ostida 23 turdagi 36 mingta avtomobil işlab çiqarilgan.

Loyiha doirasida 234 million AQŞ dollari miqdorida mablağlar özlaştirilib, 1 ming 800 ta iş örni yaratildi.

Birinçi bosqiçda yirik uzelli yiğuv yölga qöyilgan edi. Bir vaqtning özida zavodni kengaytiriş böyiça işlar olib borilib, joriy yil mart oyida yangi bino va quvvatlar işga tuşirildi. Ya’ni, yuqori texnologiyalarni jalb qilgan holda ştamplaş, payvandlaş, böyaş va yiğişni qamrab oluvçi işlab çiqariş jarayoni taşkil etildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. 

Davlat rahbari zavoddagi işlab çiqariş jarayonini atrofliça közdan keçirdi.

Korxona yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan. Ular Janubiy Koreya, Yaponiya va Germaniya kabi davlatlardan keltirilgan. Zavodda 30 ta robot bor, işlab çiqariş jarayoni 33 foiz avtomatlaştirilgan. Avtomobilning yuriş qismlari sozligi, statik va dinamik tormoz tizimini tekşiriş jihozlari örnatilgan.

Prezident zavodda mahalliylaştiriş darajasini oşiriş, yurtimiz sanoat korxonalari bilan kooperatsiyani kengaytiriş böyiça körsatmalar berdi.

Bu borada işlar boşlangan. 2024-2027 yillarda 348 turdagi butlovçi qismlarni mahalliylaştiririş rejalaştirilgan. Ayni paytda mamlakatimizdagi 21 ta korxona bilan kooperatsiya tizimi yölga qöyilgan.

Umuman, korxonada yiliga 100 ming dona yengil avtomobil işlab çiqariş quvvati yaratiladi. Natijada kelgusida iş örinlari soni 3 mingga yetkazilişi közda tutilgan.