Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda politsiyachilar, shifokorlar va o‘qituvchilar majburiy emlanadi
Shahar meri Bill de Blazioning aniqlik kiritishicha, majburiy emlash qoidasi 13 sentyabrdan kuchga kiradi.
Nyu-Yorkda sentyabrdan boshlab barcha munitsipal xizmatlar xodimlari koronavirusga qarshi majburiy emlanadi. Bu haqda Nyu-York sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha vakili Deyv Chokshi ma'lum qildi.
"Biz COVID-19dan himoyalanish bo‘yicha talablar joriy etdik. 2 avgustdan boshlab tibbiyot xodimlari emlangani to‘g‘risida yoki har haftalik salbiy test natijasi haqida hujjat taqdim etishi shart", – dedi Chokshi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, sentyabrdan bu talab barcha munitsipal xizmatlar xodimlariga taalluqli bo‘ladi.
Shahar meri Bill de Blazioning aniqlik kiritishicha, majburiy emlash qoidasi 13 sentyabrdan kuchga kiradi. Qoida jumladan, politsiyachilar, o‘t o‘chiruvchilar va o‘qituvchilarga tegishli bo‘ladi.
Associated Press agentligining qayd etishicha, Nyu-Yorkda aholining 59 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bir dozasi bilan emlangan.
Nyu-York shtatida koronavirus yuqtirganlar soni 2 milliondan ortiq bo‘lib, 54 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
12:21 / 01.01.2026
Zohran Mamdani – Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025