12:00 / 28.07.2021
7005
“Green Uzbekistan” – Huawei kompaniyasining barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qo‘shgan hissasi sifatida

Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi “Green Uzbekistan” tashabbusi kompaniyaning jahonni barqaror rivojlantirish bo‘yicha global qarashlari bilan juda mos keladi. Huawei BMTTDning Orol dengizining tubini ko‘kalamzorlashtirish loyihasini yana bir bor qo‘llab-quvvatladi.

Iyul oyi boshlarida Huawei kompaniyasi o‘zining barqaror rivojlanish bo‘yicha yillik hisobotini e'lon qildi, unda Huawei tomonidan 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar va o‘zining barqaror rivojlanishni ta'minlash bo‘yicha to‘rtta, xususan raqamli integratsiya, xavfsizlik va ishonchlilikni ta'minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda barqaror va uyg‘un ekotizimga erishish strategiyalarini amalga oshirishda qo‘shgan hissasi haqida bayon etilgan. Hisobot barcha manfaatdor tomonlar uchun jamiyatga foyda keltiradigan moddiy boyliklarni yaratishga qaratilgan loyihalar haqida va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida qisqacha ma'lumot beradi.

Masalan, 2020 yilda Huawei ekologik jihatdan yanada musaffo va barqaror raqamli dunyoni yaratish bo‘yicha olib borgan o‘z sa'y-harakatlari doirasida uglerod chiqindilarini kamaytirish, qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishni kengaytirish va yopiq sikldagi iqtisodiyotning shakllanishiga yordam berishga ko‘proq e'tibor qaratdi. 2020 yilda Huawei kompaniyasining SO2 chiqindilari har million yuan daromadga nisbatan bazaviy yil (2012) bilan solishtirganda 33,2% ga kamaydi va 2016 yilda kompaniya tomonidan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichdan (30%) oshdi.

O‘tgan yili rivojlanishni rejalashtirish bo‘yicha global ekologik notijorat qo‘mita 5800 dan ortiq kompaniyalarni iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi bo‘yicha baholadi. Huawei kompaniyasi boshqa sanoqli kompaniyalar qatorida chiqindilarni kamaytirish, iqlim xavfini yumshatish va kam uglerodli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan chora-tadbirlari uchun nufuzli «A» daraja bilan baholandi.

Qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishni ilgari surish uchun Huawei raqamli energiya yechimlarini 170 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda joriy etib, dunyo aholisining uchdan bir qismini qamrab oldi. Bugungi kunga qadar ushbu yechimlar hisobiga qayta tiklanadigan manbalardan 325 milliard kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarildi va 10 milliard kVt/s elektr energiyasi tejab qolindi. Ushbu sa'y-harakatlar tufayli SO2 chiqindilarini 160 million tonnaga kamaytirishga erishildi.

Iqlim o‘zgarishi bugungi kunda ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi jiddiy to‘siqqa aylandi. Huawei kompaniyasi kam uglerodli rivojlanish va «yashil» taraqqiyot strategiyasini tezroq amalga oshirishga intilmoqda va atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyotni tiklashga ko‘p kuch sarflamoqda.

“Bizning barqaror rivojlanish bo‘yicha yillik hisobotimiz kompaniyamizning raqamli texnologiyalarni joriy etish va o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan mahalliy jamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ekologik musaffo va inklyuziv aqlli dunyoni uyg‘unlikda rivojlantirishga intilayotganini yana bir bor isbotlaydi. Bizning O‘zbekiston bozoriga kirib kelganimizga 20 yildan oshdi va mana shu davr davomida biz mamlakatda AKTni rivojlantirish uchun faqat eng ilg‘or va eng maqbul yechimlarni taqdim etib kelmoqdamiz, shuningdek xayriya loyihalari va korporativ ijtimoiy javobgarlikni amalga oshirish orqali barqaror rivojlanishga o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz. Masalan, O‘zbekistonda biz “Green Uzbekistan” loyihasiga alohida e'tibor beryapmiz, chunki u O‘zbekistonning barcha aholisining kelajagiga taalluqlidir va biz Orolbo‘yi muammosini e'tiborsiz qoldirolmaymiz. Umid qilamizki, 10 yildan so‘ng loyihada ishtirok etayotganlarning olib borgan ishlari natijasi va qo‘shgan hissasini yashil Orol dengizi ko‘rinishida ko‘ramiz”, – dedi O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining direktori Forest Lyu.

2020 yilda kompaniya BMT Taraqqiyot dasturining Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirish  bo‘yicha loyihasiga “Green Uzbekistan” tashabbusi bilan qo‘shildi. Qurib ketgan yerlarga 20 mingga yaqin saksovul ko‘chatlarini ekishda ko‘mak berildi. Loyihaning boshidanoq kompaniya rahbariyati Orol dengizi mintaqasini barqaror rivojlantirishga qo‘shgan hissasi bir martalik bo‘lmasligini va kompaniya loyihani uzoq muddatli asosda qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma'lum qildi. 2021 yilda loyihaning qanday olib borilayotganligi bilan tanishish va o‘zining qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish niyatida ekanligining tasdig‘i sifatida saksovul ekilgan hududga Huawei jamoasining safari amalga oshirildi. Bu yil Huawei saksovul ko‘chatlarini kelgusida ekish uchun sotib olishga yana bir bor hissa qo‘shdi va ko‘chatlarning umumiy sonini 30 mingtaga yetkazdi.

“Xususiy sektor Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim rol o‘ynaydi va biz Huawei singari kompaniyalarning jamiyatga sarmoya kiritish, tadqiqotlar va atrof-muhit muammolarini o‘z biznesini yuritishning mantiqiy va ajralmas qismi deb bilishidan mamnunmiz. Biz Huawei kompaniyasiga 2020-2021 yillarda birinchi “yashil chempion” bo‘lganligi va Orol dengizining qurib qolgan tubiga saksovul ekishda doimiy yordam ko‘rsatayotgani uchun minnatdorchilik bildiramiz”, – dedi BMTTDning O‘zbekistondagi akselerator laboratoriyasining tajribalar o‘tkazish bo‘yicha rahbari Adham Qo‘chqorov.

2020 yilda Huawei kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab 650 dan ortiq xayriya tadbirlarini tashkil etdi. Uning “Seeds for the Future” deb nomlangan yetakchi o‘quv dasturi 130 ta mamlakat va mintaqalardan 9000 ga yaqin talabalarni, shu jumladan o‘zbekistonlik talabalarni ham o‘z ichiga qamrab oldi. Yosh iste'dodlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirib, O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi innovatsion texnologiyalarga ega ko‘chma sinflarga asoslangan “Mobil AKT Akademiyasi” loyihasini taqdim etdi.

Reklama huquqi asosida

Top