Huawei kompaniyasi yangi WATCH GT 4 seriyasidagi aqlli soatlari sotuvga chiqdi
HUAWEI WATCH GT’ning so‘nggi avlodi bo‘lgan HUAWEI WATCH GT 4 46 va HUAWEI WATCH GT 4 41 versiyalari sotuvga chiqarildi. Ular geometrik tuzilishi, aqlli kaloriya tahlili va bir quvvatlashda 14 kunlik ishlashi bilan ajralib turadi.
2023 yil 14 sentabr kuni Huawei kompaniyasi yangi qurilmalar namoyishiga bag‘ishlangan taqdimot marosimini o‘tkazdi. Unda Huawei o‘zining: HUAWEI WATCH GT 4 aqlli soatining yangi versiyalarini namoyish etdi.
Huawei bugun o‘zining yangi va innovatsion flagmanlari bilan foydalanuvchilar uchun qadrdonga aylandi. Kompaniya bu borada yangi rejani ishlab chiqdi va zamonaviy texnologiya hamda dizaynning yangicha formatini ifoda etuvchi “Trendlardan oldinda” nomli konsepsiyani yaratdi.
Konsepsiya brendning zamonaviy texnologiyalar, innovatsion dizayn va foydalanuvchilar salomatligini monitoring qilish uchun ilg‘or funksiyalarni yaratish uchun taqiladigan qurilmalar orasida yengilmas ekanligini anglatadi.
HUAWEI WATCH GT 4 - qo‘lda
Kelajak qurilmalari o‘zida uchta asosiy xususiyatlarni jamlashi kerak: kengaytirilgan imkoniyatlarga ega qurilma, yangilangan algoritmlar va ilg‘or raqamli sog‘liqni kuzatish texnologiyalari.
Huawei sodiq foydalanuvchilari uchun sog‘liqni saqlash va sport sohalarida mahsulot portfelini rivojlantirishda davom etmoqda. HUAWEI WATCH GT 4 ko‘rinishida kompaniya salomatlik monitoringi texnologiyalarini muvaffaqiyatli optimallashtirdi. Bu esa qurilmalarda olingan ma’lumotlarning aniq va foydalanuvchilar uchun foydali bo‘lishini ta’minlaydi.
Mahsulotlar tashqi ko‘rinishiga ichki mustahkamlik kabi e’tiborli kompaniya funksional dizaynni yarata oldi. Qurilmalarni yuqori sifatli, bardoshli materiallardan tayyorlash, ergonomikani yaxshilash, qulaylikni oshirishga erishish ustida doimiy yangilanishlar olib boriladi.
Masalan, HUAWEI WATCH GT 4 – bu shunchaki soat emas. Bu qurilma san’at darajasidagi funksiyalarning innovatsiya bilan uyg‘unlashuvidir. Qo‘lingizda yangi kashfiyot, hayotiy joziba, shijoatni his qilish uchun barcha imkoniyat borligini sezasiz.
HUAWEI WATCH GT 4 - yurakda
HUAWEI WATCH GT 4 aqlli soati WATCH GT flagman seriyasining so‘nggi avlodidir. HUAWEI WATCH GT 4 seriyasi g‘aroyib dizayni bilan ajralib turadigan ikkita variantda taqdim etilmoqda - HUAWEI WATCH GT 4 46 mm va HUAWEI WATCH GT 4 41 mm.
Har ikkala qurilma ham sog‘lig‘ingizni ko‘proq nazorat qilish imkonini beradi. 24/7 monitoring yuritib, yurak urish tezligini muntazam aniqlash va uyquni to‘g‘ri kuzatish kabi texnologiyalarni birlashtiradi. HUAWEI WATCH 4 seriyasida nafas olish organlari salomatligini tekshirish funksiyalari ham mavjud. Qurilmalar qon bosimini to‘g‘ri va aniq o‘lchashda xalqaro sertifikatlarga ega.
Huawei innovatsion sohada yangi cho‘qqilarni zabt etish maqsadida raqamli sog‘liqni saqlash texnologiyalari, sport va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida dunyo bo‘ylab 100 dan ortiq professional muassasalar bilan hamkorlik qiladi va 200 dan ortiq qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi.
HUAWEI WATCH GT seriyali aqlli soatlar dizayn, sport va salomatlik monitoringi bo‘yicha yetakchi hisoblanib, dunyoning taniqli OAVlari tomonidan yuqori baholanadi. Bu qurilmalar ketma-ket 3 yil davomida “Aqlli soatlar turkumidagi eng yaxshi mahsulot” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.
HUAWEI WATCH GT 4 aqlli soatlarini kompaniyaning rasmiy do‘konlaridan va Texnomart do‘konlarida xarid qilish mumkin.
Kompaniya va mahsulotlar haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin.
Reklama
Mavzuga oid
09:00 / 19.12.2024
Huawei kompaniyasi Dubaydagi taqdimotida yangi buklanadigan smartfon va boshqa flagman qurilmalarini taqdim etdi
00:06 / 03.11.2024
Time jurnali 2024 yilning eng ahamiyatli ixtirolari ro‘yxatini e’lon qildi
21:12 / 10.09.2024
Huawei dunyodagi birinchi uchta ekranli, buklanadigan smartfonni taqdim qildi
12:58 / 14.10.2023