Yevrokomissiya Huawei va ZTE’ni xavfsizlikka tahdid sifatida belgiladi
Bryussel Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini xavfsizlikka tahdid tufayli Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalari mahsulotlaridan foydalanmaslikka chaqirdi.
Xitoyning Huawei va ZTE telekommunikatsiya kompaniyalari uskunalaridan 5G tarmoqlarida foydalanish Yevropa Ittifoqi uchun boshqa uskuna yetkazib beruvchilar mahsulotlariga nisbatan «sezilarli darajada yuqori xavf» tug‘dirishi mumkin, deya ma’lum qildi Yevropa komissiyasi. 15 iyun, payshanba kuni Yevrokomissiya veb-saytida Xitoy kompaniyalari uskunalari bilan ishlashda Yevropa Ittifoqining xavfsizlik jihatlariga e’tibor qaratuvchi «5G kiberxavfsizlik qadamlari» haqidagi bayonot e’lon qilindi.
5G tarmoqlari ichki bozor faoliyatiga, shuningdek, Yevropa Ittifoqidagi ijtimoiy va iqtisodiy funksiyalarga ta’sir qiluvchi muhim infratuzilma hisoblanadi, deb ta’kidlaydi Bryussel. Shularni inobatga olgan holda, hujjatda «mobil aloqa uskunalarining ayrim yetkazib beruvchilari» tomonidan yuzaga keladigan Yevropa Ittifoqi xavfsizligi yuzasidan «jiddiy xavotirlar» qayd etilgan.
Ayrim Yevropa Ittifoqi davlatlari bundan oldin Huawei va ZTE’dan uskunalar sotib olishdan bosh tortgan. Bunga Yevropa Ittifoqida 5G Toolbox - milliy mobil tarmoqlarni josuslik va diversiya harakatlaridan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar ro‘yxatini yaratish yordam berdi. Bryussel ushbu davlatlarning harakatlarini ijobiy baholadi va Yevrokomissiya «kelajakda ushbu ikki kompaniya uskunalari xizmatidan voz kechishini» bildirdi.
Yevropa Ittifoqining ichki bozor bo‘yicha komissari Terri Breton barcha Yevropa Ittifoqi davlatlarini bir xil choralar ko‘rishga chaqirdi. «Biz o‘z manfaatlarimizga qarshi qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan qaramlikni saqlab qola olmaymiz», dedi Breton.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda ikkita yangi ekologik loyiha ishga tushirildi
O‘zbekiston | 14:50
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston mehnat migratsiyasi bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolaydi
O‘zbekiston | 14:44
-
Bayden Trampning bir qator taniqli raqiblarini afv etdi
Jahon | 14:30
-
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20
Mavzuga oid
21:36 / 16.01.2025
Yevrokomissiya G‘azoga yordam uchun qo‘shimcha 120 mln yevro ajratishga va’da berdi
22:53 / 03.01.2025
Yevrokomissiya rahbarida pnevmoniyaning og‘ir shakli aniqlandi
20:54 / 20.12.2024
Yevrokomissiya Gurjiston diplomatlari va amaldorlarini vizasiz rejimdan mahrum qilish taklifini ilgari surdi
09:00 / 19.12.2024